Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Konte: "Men boshqa klub futbolchilari haqida gapirmayman"

Konte: "Men boshqa klub futbolchilari haqida gapirmayman"

Baho:
+ | -

Italiyaning «Inter» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriyaning 6-tur doirasida «Parma» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men boshqa klublarning futbolchilari haqida gapirmayman. Jervinyo – juda ko‘p yaxshi narsalarni amalga oshiradigan ajoyib futbolchi, lekin men «Parma» va uning barcha futbolchilarini hurmat qilaman. Shuningdek, bu gap mening futbolchilarimga ham tegishli.

Hozirgi qo‘l ostimdagi tarkibdan qoniqyapman. Men yanvar, fevral yoki mart oylari haqida o‘ylamayapman, bor e’tiborimni oldimizda turgan o‘yinlarga qaratganman», – dedi Konte.

«Inter» o‘z maydonida «Parma» klubini 31 oktyabr kuni qabul qiladi.

Kiritildi: 00:35, 31.10.2020.
O'qildi: 1956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик