Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Bunyodkor» o‘z geografiyasini kengaytirishda davom etadi

«Bunyodkor» o‘z geografiyasini kengaytirishda davom etadi

Baho:
+ | -

So‘nggi yillarda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda O‘zbekiston professional futbol ligasi yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirmoqdalar. O‘zbek futbolini baland cho‘qqiga yetaklashda yuqori tashkilotlarimiz bilan yelmaka-elka ishlashda davom etayotgan «Bunyodkor» ko‘plab yangi loyihalarni hayotga tatbiq etmoqda. Xususan, so‘nggi ikki yil davomida Respublikamizning turli hududlarida «Bunyodkor» futbol akademiyasi filiallarini tashkil etilmoqda. Jumladan, bugungi kunda Qo‘qon va Buxoro shaharlarida o‘z filialimizga egamiz. 

O‘z geografiyasini kengaytirishda davom etayotgan jamoamiz bu borada yana bir qadam tashladi. Qo‘qon va Buxorodan keyin Toshkent viloyatida ham «Bunyodkor» akademiyasi filiali o‘z faoliyatini boshladi. Endi Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani Do‘stobod qo‘rg‘onida hududida istiqomat qiluvchi bolalar millionlar o‘yiniga ilk qadamlarni «Bunyodkor» akademiyasining filiali orqali qo‘yishlari mumkin. Mazkur filialimizda bolalarni futbol bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Shaxsan tuman hokimi Akmal Arslonovich Xolmurodovning tashabbusi va ko‘magi bilan tuman markazidagi stadion hamda unga yondosh sport binolari «Bunyodkor» akademiyasi filiali ixtiyoriga topshirildi. Qisqa vaqt ichida filialimiz qoshida «Bunyodkor-Do‘stobod» jamoasi tuzilib, klub Toshkent viloyati chempionati, 2-liga bahslaridagi ishtirokini boshladi. Shu tariqa mahalliy bolalar katta futbolga ilk qadamlarni filialimizda qo‘yishlari, «Bunyodkor-Do‘stobod» orqali professionalga kirib borish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 18:17, 31.10.2020.
O'qildi: 3038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик