Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasiga 2 ta avtomobil va zamonaviy “Wattbike” sovg‘a qilindi

O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasiga 2 ta avtomobil va zamonaviy “Wattbike” sovg‘a qilindi

Baho:
+ | -

Bugun poytaxtimizda velotrek bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi. 26 oktyabr kuni start olgan ushbu musobaqa davomida Respublikamizning eng sara trek ustalari bor mahoratlarini namoyish qilishdi.

Ahamiyatlisi, bugun bo‘lib o‘tgan musobaqaning tantanali yopilish marosimi nafaqat sportchilar, balki O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi mutasaddilari uchun ham unutilmas tadbirga aylandi. Unda Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ mutasaddilari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakillari, shuningdek, O‘zbekiston velosiped sporti federasiyaga biriktirilgan homiy “Asaka bank” ATBning mutasaddilari ham ishtirok etishdi. Tantanavor ruhda o‘tgan tadbirda federasiyaga MOQ nomidan zamonaviy “Wattbike” (uy sharoitida mashg‘ulot uchun foydalaniladigan elektron velosiped) topshirilgan bo‘lsa, “Asaka bank” tomonidan 2 ta yengil avtomobil “Nexia-3” va “Damas” sovg‘a qilindi. Ushbu yengil avtomobillar sportchilarimizning mashg‘ulot jarayonida murabbiylarimizning ishini ancha yengillashtirib, kerakli natijalarga erishishlarida xizmat qilishiga ishonamiz.

O‘z navbatida, federasiya bosh kotibi Kozim O‘rinboyxo‘jayev tadbirda so‘z olib, muhtaram Prezidentimiz boshchiligida sportga qaratilayotgan e’tibor, Olimpiya o‘yinlariga tayyorlanayotgan federasiyalarimiz hukumatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini e’tirof etdi.

Shundan so‘ng musobaqalarning barcha yo‘nalishlarida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: 20:20, 31.10.2020.
O'qildi: 2222 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик