Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

La liga. «Barselona» ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi

La liga. «Barselona» ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 8-turi doirasida "Barselona" mehmonda "Alaves" klubi mehmoni bo‘lib, muhim ochkolardan mahrum bo‘ldi.

Mezbonlar birinchi bo‘limda ishonchli himoyalanishdi. Ansu Fati darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan paytda gol ura olganida, ehtimol, hisob butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida Pike va Netoning qo‘pol xatosidan so‘ng "Alaves" hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Gol muallifi — Luis Rioxa.

"Barsa" bosh murabbiyi ikkinchi bo‘lim boshida birdaniga 3ta o‘zgarishga qo‘l urdi. Buning natijasida jamoa o‘z o‘yinini kuchaytirdi. Boz ustiga, bahsning 62-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Xota Peleteyro ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Kataloniyalik esa oradan bir daqiqa o‘tib hisobni tenglashtirishdi. To‘p mezbonlar himoyachisining oyog‘ida rekoshet orqali Grizmannga borib tushdi va Antuan to‘pni darvozabonning ustidan oshirib, hisobni tenglashtirdi.

Qolgan daqiqalarda "ko‘k-anorranglilar" g‘alaba qozonish uchun darvoza tomon juda ko‘p zarbalar yo‘llashdi. Ammo "Alaves" posboni Fernando Pacheko qahramonlik ko‘rsatib, barcha zarbalarni qaytardi. U o‘yin davomida 8ta seyv namoyish etdi.

Shu tariqa, «Barselona» La liga doirasida ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti. Kuman jamoasi 8 ochko bilan jadvalda 12-o‘rinni egallab turibdi.

La liga, 8-tur
Alaves – Barselona 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 31 Rioxa, 1:1 – 63 Grizmann.
Alaves – Pacheko, Ximo Navarro (Agirregabiria, 41), Laguardia, Duarte, Lejen, Battalya, Mendes (Tomash Tavaresh, 58), Pina (Marin, 72), Xota, Rioxa (Manu Garsiya, 72), Deyverson (Xoselu, 57).
Barselona – Neto, Langle (Pedri, 46), Pike, Alba (Dest, 69), Serdji Roberto, Buskets (Pyanich, 46), de Yong, Dembele (Trinkau, 46), Fati (Breytueyt, 78), Grizmann, Messi.
Ogohlantirishlar: Xota (15), Deyverson (22), Messi (39), Buskets (44), Langle (44), Duarte (87).
Chetlatish: Xota (62).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:07, 01.11.2020.
O'qildi: 6461 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик