Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Shuhrat Toshpo‘latov: «Bugun Superligadagi eng qiyin g‘alabalarimizdan birini qo‘lga kiritdik»

Shuhrat Toshpo‘latov: «Bugun Superligadagi eng qiyin g‘alabalarimizdan birini qo‘lga kiritdik»

Baho:
+ | -

Superliga 22-turdan o‘rin olgan «Nasaf» — «Qo‘qon-1912» (1:0) uchrashuvidan so‘ng, qarshiliklar murabbiyi Shuhrat Toshpo‘latov bugungi bellashuv haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘tgan turda “Metallurg” jamoasiga qarshi kechgan bahsdan so‘ng diskvalifikasiya qilingan edi.

— Yigitlarimizga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Raqibning standart vaziyatlarda xavfli o‘ynashini bilardik. Mavsum davomida standart vaziyatlardan ko‘plab gollar urishgan. Futbolchilar himoyada tartibli o‘ynashdi. Hujumda yuzaga kelgan imkoniyatlarning biridan unumli foydalandik. Fursatdan foydalanib ko‘p sonli muxlislarimizni ishonchli g‘alaba bilan tabriklayman, — dedi Shuhrat Toshpo‘latov.

— Bugungi uchrashuvning haqiqiy qahramoni jamoa darvozaboni bo‘ldi...
— Darvozabon yarim jamoa deb bejiz aytilmagan. O‘yin haqiqiy markaziy nomiga mos bo‘ldi. Yigitlarga yana bir bor butun vujudi bilan harakat qilgani uchun rahmat aytib qolaman.

— Sherzod Nasrullayevning jarohati jiddiy emasmi?
— Sherzod Nasrullayev va Dilshod Saitovning jarohati qay darajada jiddiy ekanligini bilmaymiz. O‘ylaymanki, xavfli emas. Yechinish xonasida ko‘rganimizda ham yaxshi edi. Jamoaga bir necha kun ta’til beramiz va o‘z qarorgohimizda yig‘ilamiz.

— Bosh murabbiyning yoningizda bo‘lmagani qiyinchilik tug‘dirmadimi?
— Albatta qiyinchilik tug‘diradi. Ro‘ziqul Berdiyevning tavsiyalarini o‘yindan oldin va tanaffus paytida tinglab futbolchilarga yetkazib berishga harakat qildim. Baribir ozgina bo‘lsada hayajon bo‘ldi.

— Bugun «Nasaf»ning mavsumdagi eng og‘ir finalga teng o‘yini bo‘ldimi?
— Shunday desa ham to‘g‘ri bo‘ladi. Barcha shu vaqtgacha o‘tkazgan uchrashuvlarimiz ichida eng og‘ir g‘alabani qo‘lga kiritdik. Hisob ham buni aytib turibdi. G‘alaba qozonish uchun raqibdan bitta ko‘p gol urishing kerak.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 06:54, 01.11.2020.
O'qildi: 3086 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.