Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Prevyu: "Old Trafford"da navbatdagi jang. Turning markaziy bahsida "Arsenal" mehmon

Prevyu: "Old Trafford"da navbatdagi jang. Turning markaziy bahsida "Arsenal" mehmon

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining ikkinchi turida "Leypsig" darvozasiga gollar yomg‘irini yog‘dirib tashlagan "Manchester Yunayted" bugun APL dagi mavqeini tiklash maqsadida "Arsenal" bilan bahs olib boradi. 7- turning markaziy uchrashuvi deya baholanayotgan o‘yinda "Qizil iblislar" turnir jadvalining 15- pog‘onasini band qilib turgan holda, Londonlik mehmonlar esa 12- o‘rin egasi sifatida maydonga tushishadi. Milliy chempionatdagi ahvol jamoalar saviyasini belgilab bera olmasligini har ikkala klubning ham xalqaro maydonfagi natijalari isbotlab beradi.

Xususan, "Qizil iblislar" payshanba oqshomida Yevropa Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi sanalgan "Bavariya"si bor Bundes Liga yetakchisini taslim etib barchada iliq taassurot qoldirdi. "To‘pchilar" ham Yevropa Ligasidagi o‘zining g‘alabali yurishini davom ettirib, guruh yetakchiligini o‘z qo‘llariga olib turishibdi.

"Arsenal" yil boshida Mikel Artetani bosh murabbiy etib tayinlagandan so‘ng anchagina jonlana oldi va 2019/20 yil oxirida Angliya kubogiga da’vogarlik qilishdi. Ole Gunnar Sulsher jamoasi singari, ular ham bu mavsumda jadvalning eng yuqori pog‘onasi uchun kurashib ko‘rishadi, shu boisdan ham yakshanba kuni taqdim etiladigan uch ochko qizg‘in bahslarlarga boy o‘tishi shubhasiz.

JAMOADAGI O‘ZGARISHLAR

Hafta o‘rtasidagi Bundesliga etakchilari ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng manchesterliklar Aleks Tellesning ijobiy KOVID-19 testi tufayli safdan chiqqanini ma’lum qildi. Erik Bailli va Jessi Lingard, Jons hamda Telleslar yana bir necha hafta davomida maydonga tushmasligi ehtimoli yuqori bo‘lib turibdi.

Antoni Marsial ushbu bahsda uchta o‘yindan iborat ichki diskvalifikasiyaning so‘nggi o‘yinini o‘tkazishi sabab maydonga tusha olmaydi.

Londonliklar tarkibiga "Atletiko" safidan kelib qo‘shilgan Tomas Parti bugun APL dagi uchinchi o‘yinida maydonga tushishi mumkin.

Yo‘qotishlarga keladigan bo‘lsak bugungi bahsda Rob Holding, Gabriyel Martinelli, David Luiz va Mesut O‘zil "Arsenal"ga yordam bera olishmaydi.


O‘ZARO UCHRASHUVLAR TARIXI VA STATISTIKA

Birinchi musobaqa uchrashuvi: Nyuton Xit 3–3 "Vulvich Arsenal" - Ikkinchi divizion, 1894-yil 13-oktyabr.

Birinchi Angliya kubogi uchrashuvi: "Manchester Yunayted" 2-3 "Arsenal" 1906-yil 10-mart

Birinchi Liga Kubogi uchrashuvi: "Arsenal" 3-2 "Manchester Yunayted" 1977-yil 30-avgust

Birinchi xalqaro uchrashuvi: "Manchester Yunayted" 1:0 "Arsenal" UYEFA Chempionlar Ligasi yarim finali, 2009- yil 6-aprel

Mehmondagi birinchi g‘alaba: Arsenal: Manchester Yunayted 0:1 Arsenal. Ikkinchi divizion, 1902- yil 15- mart

Manchester Yunayted: Arsenal 0:2 Manchester Yunayted. Ikkinchi divizion, 1897 yil 3- aprel

Eng ko‘p gol urilgan o‘yin: "Manchester Yunayted" 8:2 "Arsenal" - Premer Liga, 2011 yil 28- avgust [133]

Eng yirik g‘alabalar: Arsenal: 5:0 Angliya kubogi to‘rtinchi tur, 1937 yil 30-yanvar

Manchester Yunayted: 8:2 Premer Liga, 2011 yil 28- avgust

Ketma-ket g‘alabalar:
Arsenal: 4 (1997-yil 9-noyabr - 1998-yil 20-centyabr)

Manchester Yunayted: 5 (1983-yil 6-centyabr - 1985-yil 24-avgust)

Eng uzoq mag‘lubiyasiz seriya:
Arsenal: 5 (1922-yil 5-aprel - 1926-yil 28-dekabr; 4 g‘alaba va 1 durang)

Manchester Yunayted: 9 (1954-yil 20-noyabr - 1958-yil 11-oktyabr; 6 g‘alaba va 3 durang)

Eng ko‘p gol urgan futbolchi:
12 - Ueyn Runi ("Manchester Yunayted")

Eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi:
50 - Rayan Giggz ("Manchester Yunayted")

So‘ngi uchrashuv: "Arsenal" 2:0 "Manchester Yunayted". "Emirates Stadium", 2020- yil 1- yanvar.


TAXMINIY TARKIBLAR

"Manchester Yunayted":  David de Xea, Xarri Maguayr, Aron Uan Bissaka, Lyuk Shou, Viktor Lindelof, Skot Maktominay, Pol Pogba, Bruno Fernandesh, Meyson Grinvud, Markos Reshford, Edinson Kavani

Jarohatdagi futbolchilar: Lingard (to‘piq), Bailli (to‘piq), Jons (tizza), Telles (koronavirus)


"Arsenal": Bernd Leno, Ektor Bellirin, Shkodran Mustafi, Kiran Tirni, Gabrel Magalyayes, Tomas Parti, Dani Sebalos, Bukayo Saka, Pepe, Obamiyang, Villian

Jarohatdagi futbolchilar:

Xolding (tizza), David Luiz (son), Mari (to‘piq), Chambers (tizza), Martinelli (tizza)


UCHRASHUV VAQTI VA JOYI

2020- yil 1- Noyabr 21:30 (Toshkent vaqti bilan).
"Old Trafford" (Manchester Yunayted)


SHAXBOZ Qaxxorov tayyorladi

Kiritildi: 14:38, 01.11.2020.
O'qildi: 3469 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.