Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

A seriya. «Lasio» o‘yinga qo‘shib berilgan 5 va 7-daqiqalarda gol urib, g‘alabani ilib ketdi

A seriya. «Lasio» o‘yinga qo‘shib berilgan 5 va 7-daqiqalarda gol urib, g‘alabani ilib ketdi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 6-turi doirasida Turindagi «Olimpiko di Torino» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin dramatizm janriga mos tushdi.

"Lasio" "Torino"ga qarshi o‘yinda hisobni ochdiyu, ammo keyinchalik ortda qola boshladi. Xususan, uchrashuvning 87-daqiqasida turinliklar Lukichning goli evaziga hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirishdi. Ammo ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning beshinchi o‘tib borayotganida Immobile penaltidan hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tib esa Kaysedo "Lasio"ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Rimliklar bugungi g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 10taga yetkazib, jadvalda 7-pog‘onaga ko‘tarildi.

Italiya A seriyasi, 6-tur
Torino – Lasio 3:4 (2:1, 1:3)
Gollar: 0:1 – 15 Pereyra, 1:1 – 19 Bremer, 2:1 – 25, penalti Belotti, 2:2 – 48 Milinkovich-Savich, 3:2 – 87 Lukich, 3:3 – 90+5, penalti Immobile, 3:4 – 90+7 Kaysedo.
Torino – Sirigu, Voynovich, Bremer, Voyvoda (Singo, 70), Rodriges, Rinkon, Meyte, Lukich, Linetti, Verdi (Nkulu, 71), Belotti (Bonassoli, 77).
Lasio – Reyna, Xudt, Acherbi, Luis Felipe, Gabarron, Pereyra (Akpa-Akpro, 46), Fares (Kataldi, 81), Milinkovich-Savich, Parolo (Leyva, 46), Korrea (Kaysedo, 73), Muriki (Immobile, 56).
Ogohlantirishlar: Pereyra (44), Xudt (86), Immobile (88), Nkulu (90), Rinkon (90), Kaysedo (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:28, 01.11.2020.
O'qildi: 3227 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик