Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Andijon» bosh direktori: «Futbol bunday bo‘lmaydi!»

«Andijon» bosh direktori: «Futbol bunday bo‘lmaydi!»

Baho:
+ | -

«Andijon» klubi bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullayev iste’foga chiqarilgach, klub bosh direktori Diyorbek Mullajonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz jamoani qabul qilib olgan paytimizda jamoada holat yaxshi emas edi. Barchasini bo‘ynimizga olib jamoaning qarzlarini to‘lab berdik, futbolchilarni barcha muammolarni hal etib berdik. Kerak bo‘lsa mukofot pullari ham berdik, professional jamoaga xos tarzda sharoit yaratib berdik, ammo futbolchilarimiz bizga professional o‘yin namoyish etib bera olmadi. Futbol bunday bo‘lmaydi!

Bizga Superligada qolish vazifasi yuklatilgan. Baxtiyor Hamidullayev kelganidan so‘ng kerakli ochkolarni qo‘lga kiritganimizda ligada qolish imkoniyatimiz yuqori bo‘lar edi, afsuski, ochko ololmadik va Superligada qolish imkoniyatimiz kamayib ketdi. O‘yinlar kamligi bois yuqori pog‘onalarni so‘ramadik, ammo bu degani so‘nggi pog‘onalarda yurish kerak degani emas!

Bir inson qaysi sohada bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi, o‘z sohasining ustasi bo‘lishi kerak. Bu yerda butun Andijon xalqining g‘ururi haqida gap ketmoqda. Raqib futbolchilari ham biznikilar kabi oddiy inson, ularni ham ikki qo‘li, ikki oyog‘i va bir boshi bor. Uch milliondan ortiq xalqni sharafini himoya qilish bunday bo‘lmaydi! Men yigitlar bilan jiddiy gaplashib oldim, endi buyog‘iga hech qanday bahona bo‘lmaydi, barcha futbolchilarimiz Andijon xalqi, xalqning sha’ni uchun maydonga tushishadi. To‘g‘ri qolgan o‘yinlarimiz oson bo‘lmaydi, ammo bu biz orqaga chekinamiz degani emas!

Balkim bu yil Superligada qola olmasmiz, ammo keyingi yil yoki yaqin 2-3 yil ichida biz kutgan, xalq kutgan, Andijon xalqi sog‘ingan futbolni yaratamiz", — dedi Diyorbek Mullajonov.

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 22:16, 01.11.2020.
O'qildi: 4781 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик