Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

APL. Turning markaziy o‘yini taqdirini yagona gol hal qildi

APL. Turning markaziy o‘yini taqdirini yagona gol hal qildi

Baho:
+ | -

Angliya chempionati 7-turning markaziy o‘yini "Manchester Yunayted" va "Arsenal" bahsi nihoyasiga yetdi. "Old Trafford"da kechgan o‘yinda "kanonirlar" penaltidan urilgan gol evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv kutilganidan ancha zerikarli o‘tdi. Birinchi bo‘limda jamoalar deyarli darvoza tomon aniq zarba yo‘llashmadi. 

Ikkinchi bo‘limni ikki klub ham sal faolroq boshladi. Uchrashuvning 69-daqiqasida Pogba jarima maydoni ichida Belyeringa nisbatan qoida buzdi. Obameyang 11 metrlik nuqtadan adashmadi.

O‘tkazib yuborilgan goldan keyin "qizil ibilslar" hisobni tenglashtirishga qancha arakat qilmasin, uchrashuvda boshqa gol urilmadi. 

Manchester Yunayted – Arsenal 0:1

Gol: 0:1 – 69, penalti Obameyang.

Manchester Yunayted – De Xea, Shou, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, Maktomini, Brunu Fernandesh (van de Bek, 75), Pogba, Fred (Matich, 62), Reshford, Grinvud (Kavani, 75).

Arsenal – Leno, Xolding, Belyerin, Gabriel, Tirni, Saka, Parti, El-Nenni, Villian (Meytlend-Naylz, 86), Obameyang (Mustafi, 87), Lyakazett (Nketia, 76).

Ogohlantirishlar: Fred (22), Xolding (25), Gabriel (27), Grinvud (71), Obameyang (87).

Kiritildi: 23:23, 01.11.2020.
O'qildi: 4148 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик