Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Bu yil kimlarning transfer summasi keskin ko‘tarilib ketdi? (Top 5)

Bu yil kimlarning transfer summasi keskin ko‘tarilib ketdi? (Top 5)

Baho:
+1 | -

Stadion.uz bu yil davomida transfer summasi qolganlarnikidan ko‘ra bir muncha tezroq ko‘tarilgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi. Ushbu ro‘yxatdagi yigitlar o‘tgan yili 10-20 million evro atrofida baholanayotgan edi. Endi esa, ularni qo‘lga kiritish uchun katta summadan voz kechish talab etiladi.

5-o‘rin. Meyson Grinvud

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi mavsum boshida markaziy hujumchi borasida muammoga duch keldi. Lukaku ketgach, klub uning o‘rnini to‘ldirishni uddalay olmadi. Oqibatda, Marciyal yoki Reshfordlardan biri 9-raqam ostida to‘p surishi taxmin qilingan edi, biroq kutilmaganda Sulsher Meysonnga imkon berdi. Tan olish lozim, hujumchi tezda omma e’tiboriga tushdi. Tezkor, sovuqqon, ikkinchi qavatda faol va texnikasi kuchli hujumchi. Endigina 19 yoshga qadam qo‘ygan bo‘lsada, uning maydondagi professional harakatlari kishi ko‘zini qamashtirib yubormoqda. U ortda qolgan mavsumda Grinvud 10 ta gol va 3 ta assistga mualliflik qildi. Uning yil boshidagi transfer summasi - 10-15 million yevroni tashkil etgan bo‘lsa, ayni damda transfermarket tomonidan 50 million yevroga baholanmoqda.

4-o‘rin. Fil Foden

Aslida, Fil «Siti»ning asosiy tarkib futbolchisi sanalmaydi, biroq Gvardiolaning super rotasiyasi sababli uni tez-tez maydonda ko‘rishimiz mumkin. Chaqqon, tezkor va markazdagi balansni ushlab turishga qodir futbolchi. Foden tez orada David Silvaning o‘rnini egallashi kutilmoqda. Uning transfer summasi ham jamoadagi qadri singari tobora ortib bormoqda. Fil o‘tgan mavsum davomida 9 ta gol va 7 ta assistga mualliflik qildi. Qahramonimiz o‘tgan yili 15-20 million yevro atrofida baholangan edi. Ayni damda, esa transfermarket portali yarim himoyachining narxini 60 million yevro etib belgiladi. Ajoyib o‘sish. Agar Foden sekin-asta asosiy tarkibga kirib borishda davom etsa, bu summa yanada kattalashib ketishi turgan gap.

3-o‘rin. Erling Xoland

Xoland ushbu ro‘yxatimizdagi kuchli uchlikni ochib beradi. O‘tgan mavsumda uni transfermarket 45-50 million yevroga baholanganidayoq bu shunchaki boshlanishi ekanligini darrov anglagan bo‘lsangiz kerek. O‘tgan mavsumda Xolandning sermahsulligi borasida o‘z shaxsiy rekordini yangiladi. Bundesligada to‘p surgan futbolchi 33 ta gol 4 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday mavsumdan so‘ng esa, transfermarket uning bahosini 80 million evorga qadar ko‘tarib qo‘ydi.

2-o‘rin. Ansu Fati

Kataloniya klubi kelajagi deb e’tirof etilayotgan «olmos» haqida juda ko‘p ma’lumotlar keltirish mumkin. O‘tgan mavsumda uning yorqin debyuti barchani hayron qoldirgan bo‘lsa, bu mavsumda Fati allaqachon asosiy tarkibning yetakchi futbolchilaridan biriga aylanib bo‘ldi. Qisqa muddat ichida professional futbolchi sifatda ko‘z oldimizda gavdalandi. Ayniqsa, jamoa tepasiga Kuman kelgach, Ansu ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. U allaqachon «El-klassiko»da gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Uning o‘tgan mavsumdagi ishonchli debyuti sababli transfermarket portali transfer summasini 40 million yevro etib tayinlagan edi. Yangi mavsumda Fati yanada yorqin ko‘rinmoqda. Shu bois, uning ayni damdagi transfer qiymati 80 million yevro! Fatining hali 20 yoshni qarshi olmaganini inobatga olsak, bu summa 200 lik dovonni ham zabt etishi mumkin. Faqat progress to‘xtab qolmasa bo‘lgani.

1-o‘rin. Alfonso Devis

«Bavariya» futbolchisi o‘tgan mavsumning chinakam kashfiyoti bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Bunga qadar aytarli hech kim tanimagan vingerga Ditter Flik imkoniyat taqdim etdi. To‘g‘ri, murabbiy futbolchi istaganidek undan vinger sifatida foydalanmadi. Qanot himoyasiga joylashtirdi, ammo kanadalik futbolchi o‘ziga bildirilgan ishonchni ortig‘i bilan bajarishga muvaffaq bo‘ldi. Uning Yevropa Chempionlar LIgasidagi reydlari, bundesligadagi shiddatli o‘yinlari sababli bir mavsum davomida butun futbol olami uni tanib oldi. O‘tgan mavsum startida 25 million yevroga baholangan futbolchi uchun hozir 80 million yevro to‘lash lozim. Devis qandaydir 12 oy ichida o‘z transfer summasini 55 million yevroga ko‘tarilishini ta’minlay oldi. Uni har jabhada o‘tgan mavsum kashfiyoti deb atasak, adashmagan bo‘lamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:52, 02.11.2020.
O'qildi: 7485 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.