Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay
10/10 14:10 Avstraliya - Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston - Eron
10/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
10/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon - Kuvayt
10/10 21:00 BAA - KXDR
10/10 23:00 Iroq - Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya - Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador - Paragvay
11/10 02:00 Venesuela - Argentina
11/10 05:00 Chili - Braziliya

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Lester» «Real» futbolchisiga qiziqib qoldi

Angliyaning «Lester» jamoasi «Real Madrid» hujumchi Luka Yovich qishda APLga ko‘chib o‘tishi mumkin.

«The Mirror» nashrining ma’lum qilishicha, «Lester» rahbariyati futbolchini tez orada klubni tark etishidan xabardor. Shu bois, uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun muzokaralarni boshlash arafasida.

Manbaning ma’lum qilishicha, «tulkilar» futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Neymar ortga qaytmoqchi emas

Parijning PSJ jamoasi hujumchisi Neymar faoliyatini Kataloniyada davom ettirish fikridan qaytdi.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, Braziliya terma jamoasi a’zosi mavsum so‘nggida Kataloniya klubiga o‘tmoqchi edi, ammo endi o‘z fikridan qaytdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi ayni damda o‘z klubida baxtli va Parijda yana 2-3 mavsum to‘p surish niyatida.

Alaba «Real»da?!

Myunhenning «Bavariya» jamoasi himoyachisi David Alaba faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkin.

«Bild» nashrining ma’lum qilishicha, futbolchining agenti Alabani «Real Madrid»ga tavsiya qilmoqda. Shuningdek, himoyachi bilan «Inter» va «Yuventus» jamoalari ham qiziqib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi va «Bavariya» o‘rtasidagi shartnoma 2021 yilda o‘z yakuniga yetadi.

«Yuve» rad etdi

Turinning «Yuventus» jamoasi Merih Demirel borasida «Lester»dan kelib tushgan taklifni rasman rad etdi.

«LGDS» nashrining ma’lum qilishicha, ingliz klubi turk himoyachisi uchun 35 million yevro taklif qilgan, biroq «Yuve» bu summa evaziga o‘z futbolchisini qo‘yib yuborishni istamagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Demirel bilan «Manchester Yunayted» jamoasi ham qiziqib qolgan edi.

PSJ ishga kirishdi

Parij super klubi «Bavariya»da o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ygan Lyuka Ernandesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Parij klubi Lyuka bilan shartnoma imzolash maqsadida Myunhen klubiga 45 million yevro taklif qilmoqchi. «L'equipe» nashrining ma’lum qilishicha, Ernandesning o‘zi ham tezroq «Bavariya»dan ketish niyatida. U o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotganidan norozi.

Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu transfer qishda amalga oshishi mumkin. Parij klubi allaqachon Ernandesning agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:15, 03.11.2020.
O'qildi: 4054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.