Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/11 00:45 Kalyari - Verona
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka - Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta
01/12 00:45 Bolonya - Venetsiya
01/12 01:00 Valyadolid - Atletiko

Bergamoda uslublar to‘qnashuvi. ”Atalanta” -”Liverpul”(prevyu)

Bergamoda uslublar to‘qnashuvi. ”Atalanta” -”Liverpul”(prevyu)

Baho:
+ | -

YECHL bu yilgi mavsumining eng yorqin uchrashuvlaridan biri bo‘lishi kutilayotgan bahs bugun Bergamoda bo‘lib o‘tadi. “Atalanta“-“Liverpul“ jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni ko‘pchilik kutayapti. “Atalanta“ o‘zining hujumdagi yorqin o‘yinlari bilan anchagina nom qozongan bo‘lsa ham himoyasi haqida kerilib maqtanolmaydi. Aynan yuqoridagi ta’rifni bugungi kundagi Kloop shogirdlariga ham ishlatsa bo‘ladi. Jamoalar o‘z chempionatlarida 17 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan, o‘z darvozalaridan “Liverpul“ 15, “Atalanta“ esa 13 gol o‘tkazib yuborishgan. Mersisaydliklar guruhdagi dastlabki 2 uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilib, birinchi o‘rinda borishyapti. Bergamo klubida esa 1 g‘alaba, 1 durang va 2-o‘rin.

Muxlislar bu uchrashuvda ko‘p gol bo‘lishini tahmin qilishi mumkin, lekin jamoalar bir-birining kuchli tomonlarini bilgan holda yopiq o‘yin ko‘rsatish ehtimoli ham yo‘q emas. “Ayaks“ va “Liverpul“ uchrashuvida ham gollar shousi bo‘lishi kutilgandi, ammo yakun qanday bo‘lgani hammaga ma’lum. Bu jamoalar o‘z tarixlarida biron marta ham o‘zaro uchrashuvlarda maydonga chiqishmagan. Bu holatni Italiya klubi xalqaro maydonlarga endigina kirib kelayotgani bilan izohlash mumkin.“Liverpul“ning Italiyaga qilgan oxirgi ikki uchrashuvida qoniqarsiz natija qayd etilgandi. Shundan kelib chiqsa bo‘ladiki, bugun maydonda tengma-teng o‘yin guvohi bo‘lamiz.

“Atalanta“

Jamoaning so‘nggi uchrashuvlariga e’tibor qaratar ekanmiz, Gasperini Italiyada Skudetto uchun kurash olib bormayotganiga guvoh bo‘lamiz. Asosiy e’tibor Chempionlar ligasiga qaratilgan. YECHLdagi 1-tur uchrashuvidan oldin “Napoli“ mehmoni bo‘lgan jamoa hech qanday qarshiliksiz mag‘lub bo‘ladi. Daniyaning “Mityulland“ klubi ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z maydonida “Sampdoriya“ga qarshi deyarli ikkinchi tarkib bilan o‘ynaydi,bunga sabab esa futbolchilarni “Ayaks“ bilan o‘yinga asrash edi. So‘nggi uchrashuvda debyutant “Krotone“ maydoniga safar qilgan bergamoliklar 1:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishdi. Bir qarashda bugungi “Atalanta“ga yarashmaydigan hisob, shunday emasmi?

Gasperini uchrashuvga o‘zining eng ishongan tarkibi bilan yetib kelolmadi. Gosens, Marten de Ron, Kaldara, Xatebur,Toloi bu nomlarning barchasi asosiy tarkibdan joy olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar, lekin ular jarohatlari tufayli bu bahsni o‘tkazib yuborishadi. Himoya chizig‘idagi yo‘qotishlar bergamoliklarga qimmatga tushishi mumkin. Himoyada yo‘qotishlar bo‘lsa ham hujum chizig‘idagi futbolchilar uchrashuvga shal holatda yetib kelishmoqda. Duvan Sapata, Alexandro Gomes va Luis Muriyellar joriy mavsumda oldingisidanda sermahsul o‘yin namoyish qilmoqda.Ancha vaqt maydonga tushmagan Yosip Ilichich ham jamoaga yordam berishi mumkin.

Taxminiy tarkib: Sportiyello, Kaldara, Palomino, Jimsiti, Depaoli, Pashalich, Froyler, Moxika, Gomez, Ilichich,Sapata.

"Liverpul"

Chempionatda peshqadamlikni yana qo‘lga olgan Yuren Kloop jamoasi APL doirasidagi oxirgi uchrashuvini o‘z maydonida Londonning “Vest Hem“iga qarshi o‘tkazdi va minimal 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv mersisaydliklar uchun oson kechmadi birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborgach, katta qiyinchilik bilan hisobni o‘z tomonlariga og‘dirishga muvaffaq bo‘lishdi. So‘nggi uchrashuvlarda jamoaga ancha moslashib qolgan Jota g‘alaba goliga mualliflik qildi va katta ehtimol bilan “Atalanta“ bilan o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushish uchun chipta yutib oldi.

Kadrlar bilan bo‘lgan muammo Kloopni ham chetlab o‘tmaydi. Jamoaning eng asosiy futbolchisi, deya qaraladigan Van Deyk jarohatda uning o‘rnini egallashi kutilgan Fabinyo ham lazaretda bo‘lib turibdi. Himoya bugungi “Liverpul“ning eng zaif chizig‘i bo‘lishi bir qarashda g‘alati tuyulishi tabiiy, chunki ikkala qanotida tezkor Aleksandr Arnold va Endryu Robertson kabi futbolchilari bor. Ular ham yaxshi formada emas,markaziy himoyadagi Jo. Gomes har uchrashuvda xatoga yo‘l qo‘yadi. Gomesga bugun “Vest Hem“ bilan bo‘lgani kabi Fillips sheriklik qilishi aytilmoqda. Joel Matip variantini ham qo‘llab ko‘rsa bo‘ladi. Maydon markazida Nabi Keita va Tiago Alkantaralar jarohatdan tuzalib, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgani aytilmoqda. Hujumda hech qanday muammolar bo‘lishi mumkin emas, Salah,Mane,Firmino uchligida jarohatlar yo‘q ularning o‘rniga maydonga tushishi mumkin bo‘lgan Minamino,Jota va Shakirilar jamoaga yordam berishga tayyor holatda.


Taxminiy tarkib: Alisson, Aleksandr Arnold, Robertson, Gomes, Fillips, Henderson, Veynaldum, Jons, Saloh, Mane, Firmino.

Murabbiylar fikri

Gasperini: "Kloop tomonidan aytilgan maqtovlar odamni xursand qilmay qo‘ymaydi.Bugungi uchrashuvda biz o‘zimizni Yevropaning va Jahonning eng kuchli klubiga qarshi sinab ko‘ramiz.Jarohatdagi futbolchilar o‘rnini to‘ldirishga harakat qilamiz"

Yurgen Kloop: "Juda ham yaxshi futbolchilar ular maydonda nima qilishayotganlarini aniq bilishadi. Ular uo‘zlariga 100 foiz ishonishadi.  Biz uchun Chempionlar ligasida “Atalanta“ eng katta muammo. Ularning uslubi “Lids“nikiga o‘xshab ketadi. Bizni qiyin uchrashuv kutib turibdi"

Ruslan Maksimov tayyorladi

Kiritildi: 16:05, 03.11.2020.
O'qildi: 3083 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.