Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 17:30 Braziliya 5-0 Kosta-Rika
24/09 20:00 Niderlandiya 1-3 Ukraina
24/09 22:00 Valensiya 0-0 Osasuna
24/09 22:00 Sevilya 2-1 Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta - Komo
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe
26/09 22:00 Las-Palmas - Betis
26/09 22:00 Espanyol - Vilyarreal
27/09 00:00 Selta - Atletiko

"Andijon" FK bosh direktori: "Hamidullayev o‘zini yulduzman deb hisoblab yubordi"

"Andijon" FK bosh direktori: "Hamidullayev o‘zini yulduzman deb hisoblab yubordi"

Baho:
+ | -

Bosh murabbiy istefosi ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Aslida vaziyat qanday edi?

Jamoamiz bosh direktori Doniyorbek Mullajonovdan ushbu vaziyatga izoh berishini so‘radik

"Baxtiyor Hamidullayev masalasi juda ko‘p joyda bahsga sabab bo‘lmoqda. Bunga qandaydir qo‘ng‘iroq yoki kimlarningdir gap so‘zlari sabab bo‘lgani yo‘q. Bu mening shaxsiy fikrim edi"-deya gap boshladi "Andijon" futbol klubi bosh direktori.

Biz Xamidullayevga juda ko‘p imkoniyatlar yaratib berdik. Meni fikrimcha Hamidullayev ijtimoiy tarmoqlarga bergan intervyusida aytgan gaplari bilan o‘zini vaziyatdan olib chiqmoqchi bo‘lmoqda. "Bu futbolchilar bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi" deb menga juda ko‘p marotaba aytib kelar edi. Murabbiy bunday gaplarni aytganidan so‘ng futbolchilardan nima kutish mumkin?. Murabbiy masalasi juda qaltis masala deb o‘ylayman. Chunki murabbiy qanday tarbiya bersa, ruhiyati qanday bo‘lsa, futbolchilar ham shunga qarab o‘zgaradi. Men o‘zgarishlarni yaxshi ko‘radigan insonman va hammaga bir marotaba imkoniyat beraman. Agar qo‘lidan kelsa bajarishi kerak deb o‘layman. Bu mening yoki Xamidullayevning futboli emas, bu Andijon xalqimizning futboli!

Hamidullayev o‘z intervyusida "Meni ishimga aralashishmasin, men murabbiy bo‘lsam, o‘zim hal qilaman, nima qilish kerakligini o‘zim bilaman" deya gapiripti. Bu gaplar menimcha kerak emas yedi. Futbol bu millionlar o‘yini, xalq o‘yini, bu sohada kichkinagina xato ham qimmatga tushishi mumkin. Qolaversa, murabbiy ham murabbiyligini qilishi lozim.

Biz jamoani qabul qilib olganimizda Andijon futboli tarafma-taraf edi. Ya’ni futbolchilar alohida taraf, murabbiy alohida taraf, xodimlar esa alohida. Boshlanishida Xamidullayevga ishonch bildirdik. To‘g‘ri, u Andijon farzandi, qolaversa yaxshi hujumchi bo‘lgan. Lekin aslida "Metallurg" bilan o‘yindan so‘ng uning jamoadan ketishi aniq bo‘lgan edi. Chunki jamoani yaxshi tayyorlay olmaganligi uchun undan ko‘p narsa talab qilmasligimizni so‘ragan edi. Uning aytishicha murabbiyga katta pul to‘lasa keyin natija talab qilish kerak ekan. Vaholanki, Baxtiyor Hamidullayev hali murabbiylikda natijalar qayd etmay turib, o‘zini "yulduz murabbiy" deb hisoblamoqda. Andijon farzandi bo‘la turib bunday gaplarni aytishini xato deb bilaman. Biz unday inson bilan qanday ishlaymiz?

Jamoani qabul qilib olgandan buyon jamoaga ikki milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladik. Bular kim uchun ? O‘zimiz uchunmi? Yo‘q, bu xalqimiz uchun, Andijonimiz uchun! Insonning o‘z manfaatlari birinchi o‘rinda turar ekan, hayotda hech narsaga erisha olmaydi. Hayotda puldan ham muhimroq narsalar bor. Bulardan biri vatan tuyg‘usi. Oldingi intervyularimda ham aytganman. Bizga tug‘ilib o‘sgan vatani, viloyati sha’ni uchun jonini berib ishlaydigan mutaxassislar kerak edi. Futbolchilar masalasiga kelsak, men yigitlarni ancha erkalatib yubordik deb o‘ylayman. Ular orasida yilning oxirigacha bo‘lgan maoshini to‘lab bergan futbolchilarimiz ham bor. Biz ham shunga yarasha natija talab qilamiz-da albatta. Jamoa uchun oldingidan ko‘ra yaxshi sharoitlar qilib berdik. Ammo ko‘rayapsizki natija yo‘q. Nima uchun Andijonda futbol bo‘lmasligi kerak? Agar hammamiz bir yoqadan bosh chiqarmasak, yana eski tizim, eski fikrlash va eski g‘oyalar bilan ketsak, futbolimiz rivojlanishdan to‘xtab qoladi. Biz jamoada yana eski tizimda ishlaymiz deb hech kimga va’da bermaganmiz, chunki biz eski tizimni ko‘rib, o‘rganib chiqqanmiz. Biz jamoani qabul qilib olganda nega yangi ishchi xodimlarni ishga oldik? Sababi yangi inson, yangi g‘oya, yangi qon bo‘lishini xohladik. Chetdan turib, yozish, fikr berish, gapirish oson. Agar shu gap so‘zlar bilan biror narsa o‘zgarganida, shu paytgacha o‘zgargan bo‘lar edi. Men har xil gap so‘zlarga parvo qilmayman. Mening shaxsiy fikrim bor. Meni barcha to‘g‘ri tushundi deb umid qilaman. Biz e’tiborimizni gap so‘zlarga emas, balki barcha e’tiborimizni futbolga qaratishimiz lozim. Biz yana oldinga yurishda davom yetamiz. Nima bo‘lgan taqdirda ham ortga chekinish yo‘q. Menga bir ikkita salbiy odamlarning fikridan ko‘ra, Andijon xalqiga bergan va’damiz, ularning oldidagi vazifamiz muhimroq. Bosh murabbiy masalasiga kelsak bu ish 99% hal bo‘ldi. Xudo xohlasa bu haqida tez orada e’lon qilamiz.

Kiritildi: 11:53, 04.11.2020.
O'qildi: 4658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.