Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Rasman! "Andijon" joriy mavsumdagi to‘rttinchi murabbiyni tayinladi

Rasman! "Andijon" joriy mavsumdagi to‘rttinchi murabbiyni tayinladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, "Surxon" jamoasiga qarshi uchrashuvdan so‘ng murabbiylik vazifasida ishlayotgan Baxtiyor Hamidullayev vazifasidan ozod qilingan edi.

Jamoa rahbariyati bosh murabbiylikka bir nechta nomzodlar orasidan Otabek G‘ulomxo‘jayev nomzodini munosib deb topdi.

Otabek G‘ulomxo‘jayev shu paytgacha dastlab "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalarining akademiyalarida ish boshlagan. Keyinchalik 2015-2016 yillarda O‘zbekiston U-16 o‘smirlar terma jamoasida bosh murabbiy Temur Olimxo‘jayevga yordamchi sifatida faoliyat olib borib, Olimxo‘jayev bilan birgalikda mazkur terma jamoani 2016 yili Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan U-16 terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga olib borgan.

2018-2019 yillarda esa O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Ushbu jamoa safida jamoamizning yosh futbolchisi Farhod Soxibjonov ham G‘ulomxo‘jayev qo‘l ostida harakat qilgan.

Otabek G‘ulomxo‘jayev O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi. Shundan so‘ng "Navbahor" jamoasida selekcioner murabbiy sifatida ish yuritgan.

Malumot ornida Otabek G‘ulomxo‘jayev 1982 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. U futbolchilik faoliyatida 2001-2002 yillarda "Andijon" jamoamiz safida top surgan. Afsuski ogir jarohat tufayli ayni kuchga tolgan, navqiron 20 yoshidayoq futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bolgan.

Navbahor jamoasida tarkibni yoshartirishga erishgan ushbu mutaxassisning jamoamizga taklif qilinishi orqali kelgusi yillarda yoshlarga katta imkoniyatlar berish va ular bilan ishlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Umid qilamizki, G‘ulomxo‘jayev boshchiligida jamoamiz superligada qolish vazifasini uddalaydi va jamoamizning kelgusi yillardagi natijalarini yaxshilaydi.

Эслатиб ўтамиз, Отабек Ғуломхўжаев "Андижон"нинг жорий мавсумдаги тўртинчи мураббийини ҳисобланади.

Ғуломхўжаевгача "Андижон" Александр Хомяков, Виктор Кумиков ва Бахтиёр Ҳамидуллаев сингари мураббийлар ишлаб кетган.

Kiritildi: 17:05, 04.11.2020.
O'qildi: 4666 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.