Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

"Lasio" "A seriya"dan chetlatildi(mi)? Vaziyat qay darajada jiddiy?

"Lasio" "A seriya"dan chetlatildi(mi)? Vaziyat qay darajada jiddiy?

Baho:
+ | -

Stadion.uz Italiyadagi vaziyatga oydinlik kiritib o‘tadi.

Italiyaning eng taniqli nashri Le Gazzeta Della Sport Rim klubining muammolari haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tdi. «Lasio»ning COVID-19 bilan muammosi bor ekanligi va bu ish qay darajada chuqurlashib ketganiga to‘xtalib o‘tgan nashr e’lon qilgan maqolani e’tiboringga havola etamiz.

Muammo shundaki, Rim klubi YECHL doirasida «Zenit»ga qarshi o‘yinda o‘zining deyarli barcha asosiy tarkib futbolchilaridan foydalana olmadi. Ularda koronavirus bor ekanligi taxmin qilingani bois, jamoa YECHLda ularni maydonga tushishiga ruxsat bermadi. Oradan ko‘p o‘tmay, klub to‘liq tarkibda «Torino»ga qarshi o‘yinda ishtirok etdi. «Zenit»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborgan Immobele esa, «buqalar»ga qarshi uchrashuvning asosiy qahramoniga aylandi.

Vaziyatni Italiya nashrlari bo‘rttirib ko‘rsatishni boshlagach, mamlakat futbol federasiyasi ishga aralashdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda ish olib borayotgan mutasaddilari Ligadagi ahvolni ancha yaxshilab olgani bois, qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishning oldini olish maqsadida bu ishga kirishdi. «Lasio» klubi futbolchilari haqida ma’lumotlar prokuraturga yuborildi.

Vaziyatni chetdan tomosha qilayotgan Muxlisalar esa, pandemiya chog‘ida ehtiyotkorsizlikka yo‘l qo‘ygan klubga o‘z g‘azablarini sochishni boshlab yuborishdi. Deyarli barcha nashrlarda «burgutlar»ning mas’uliyatsizlik bilan ishga yondashgani keng muhokama qilindi.

Sanksiya e’lon qilinadimi?

Endi barchasini isbotlash lozim. Birinchi navbatda prokuratura bu ish masalasida tekshiruv ishlarini olib boradi. Agar, «Torino»ga qarshi bahs oldidan Immobele, Leyva va Starkoshalar ijobiy test natijalariga qaramay maydonga tushgani ma’lum bo‘lsa, Rim klubini og‘ir jazo kutib turibdi. Bu haqida «Le Gazzeta Della Sport» nashrining ma’lum qilishicha, nizomdagi 8 band asosida "A ceriya »Lasio"ni musobaqadan chetlatish huquqiga ega bo‘ladi.

Shunday bo‘lsada, ushbu klub uchun bunday tahdid birinchi marotaba yangramayapti. Avvalroq ham bu voqea takrorlangan, biroq yakunda «burgutlar»ga hech qanday ziyon yetmagan. Katta ehtimol bilan jazo sifatida ma’lum miqdordagi jarima yoki bir necha ochkoning olib tashlashini qo‘llanilishi mumkin. Buni rad etib bo‘lmaydi. Butun Yevropa virusning ikkinchi to‘lqinidan xavfsirayotgan payda «Lasio» qilgan ishni oqlab bo‘lmaydi.

Endilikda, jamoa «Torino»ga qarshi bahs oldidan yuqorida nomi zikr qilingan 3 ta futbolchining testlari manfiy ekanligini isbotlab berishi lozim. Aks xolda, jamoa nafaqat jarima, balki Italiya xalqi nafratiga ham uchrashi mumkin. Sababi, ushbu yurt COVID-19dan juda katta zarar ko‘rdi va ko‘rishda davom etmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:19, 06.11.2020.
O'qildi: 5606 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик