Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

"Der klassiker": Eng kam gol o‘tkazgan jamoa, eng ko‘p gol urgan rakibga qarshi

"Der klassiker": Eng kam gol o‘tkazgan jamoa, eng ko‘p gol urgan rakibga qarshi

Baho:
+ | -

Bugun nafaqat Germaniya balki, millionlar o‘yiniga oshno tutingan, boshqa futbol mamlakatlarida ham taqvimning eng muhim uchrashuvlaridan biri “der klassiker“ bo‘lib o‘tadi. Kuchli beshlik chempionatlari ichida "Bundesliga"da turnir jadvalidagi holat sekin astalik bilan “odatiy“ ko‘rinishiga qaytmoqda deyish mumkin. Ya’ni “Bavariya“, “Borussiya“, “Leypsig“...

O‘tgan mavsumda super sermahsullik namoyish etgan, “nemis mashinasi“ tezligini sira pastlatgani yo‘q. Aksincha, joriy futbol mavsumida ham ko‘plab titullar uchun da’vogar ekanligini o‘z o‘yinlari bilan ko‘rsatib kelmoqda.

So‘nggi bahsni chempionlar ligasi doirasida o‘tkazgan myunxenliklar "Zalsburg" darvozasiga 6 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishdi va bugungacha 9 ochko to‘plagan holda “A“ guruhida yetakchilik qilib kelishmoqda. Jamoaning milliy birinchilikda ham ishlari chakki emas, 6 o‘yindan keyin 15 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlikni o‘z qo‘liga olgan. Raqiblarini eng ko‘p gollar bilan siylaganlik maqomida ham Flik shogirdlari, 24 ta gol bilan. Tarkibning hozirgi ko‘rinishini ham optimal deyish mumkin. Boisi, Djoshua Zirkzee, Niklas Zyule, Alfonso Devis kabi futbolchilarni almashtiragan nomdor nomzodlar yetarli. Bugun markazda, Djerom Boateng, David Alaba bilan tandem hosil qilishi, ko‘p ehtimol, chap qanotda o‘yindan o‘yinga ochilib borayotgan Lyuka Ernandes ko‘rinish beradi. Leroy Sane ham kichik jarohatdan qutulib safga YECHLdagi goli bilan qaytdi. E’tborlisi, bugun joriy mavsum 6 o‘yin o‘tkazib, 2 gol va 3 assist qayd etgan germaniyalik futbolchi klassekerda debyut qilishi mumkin. U bilan birga yaqindagina “PSJ“dan ijaraga olingan va jamoaga yaxshi kirishib keta olgan, 5 o‘yinda 2 gol 1 muvaffaqiyatli uzatma amalga oshirgan Erik Chupo-Moting ham.

Tobora g‘alabalar zanjiri hosil qilayotgan Flik jamoasini bu safargi, jiddiy raqib bilan yuzlashuv ham cho‘chitmayotgandir, balki?

Ammo, “Borussiya Dortmund“ o‘ziga yaxshigan ishonmoqda. Bugungi raqibi singari ushbu olmon jamoasi ham YECHLdagi o‘z guruhida karvonboshilik qilmoqda. So‘nggi o‘yinni “Bryugge“ga qarshi o‘tkazgan dortmundliklar yirik, 3:0 hisobida zafar quchishdi. Jamoa har qaysi raqibga hujumkor o‘yin taklif eta olishini ortda qolgan bahslarda isbotladi. Ahamiyatlisi, himoyani unutib qo‘ymagan holda. O‘z navbatida, “asalarilar“ham Bundesliga doirasida 6 turdan so‘ng, 15 ochko jamg‘arib urilgan gollar evaziga bugungi raqibidan bir pog‘ona pastda joylashgan. Ammo, Lyusyen Favr shogirdlariga himoya borasida ayni paytda “Bavariya“ ham havas qilsa arziydi. Bugungacha ular, o‘z darvozalaridan 2 ta to‘p olib chiqishgan xolos. Qiziq a, ochkolari teng ikki klub. Birining, darvozalarni ishg‘ol etgani bilan, boshqasining dahlsizlikni saqlab qolgani bilan “tili uzun“.

Tomonlar o‘zaro o‘tkazgan 126 uchrashuvdan 60 g‘alaba “Bavariya“ tegishli bo‘lsa, 32 o‘yinni “Borussiya“ o‘z foydasiga rasmiylashtirgan. 34 marta, muxlislar durangning guvohiga aylanishgan.

Taxminiy tarkiblar

“Borussiya Dortmund“
1 Roman Byurki, 24 Toma MenYE, 16 Manuel Akandji,15 Mats Xummels, 13 Rafael Gerreyru, 22 Djud Bellingxem, 28 Aksel Vitsel, 7 Djeydon Sancho, 11 SarkoRoys(S), 32 Djovanni Reyna, 9 Erling Xoland

“Bavariya“
1 Manuel Noyer, 20 Buna Sarr, 17 Djerom Boateng, 27 David Alaba, 21 Lyuka Ernandes, 6 Yozua Kimmix, 18 Leon Goreska, 7 Serj Gnabri, 25 Tomas Myuller, 29 Kingsli Koman, 9 Robert Levandovski

Duel

Bugunga kelib, ikkala jamoaning goleador yetakchilari shubhasiz, Robert Levandovski hamda Erling Xoland. Polshalik futbolchi ushbu mavsum, barcha musobaqalarda 883 daqiqa harakat qilib, 12 gol va 4 assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan. Norvegiyalik forvard esa, joriy mavsum, barcha musobaqalarda 775 daqiqa to‘p tepib, 10 golga mualliflik qilib, 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Murabbiylar

Lyusyen Favr(Borussiya Dortmund): “Biz bor e’tiborimizni o‘z o‘yinimizga qaratmoqdamiz bugungi bahsni kutmoqdamiz. “Bavariya“ umumiy olganda juda yaxshi holatda. Ular tempni yuqori ushlashadi va tavakkal qilishadi. Albatta, buning ijobiy tomonlari ham salbiy tomonlari ham bor. “Bavariya“ ga qarshi so‘nggi ikki o‘yin yaxshi o‘tdi. Biz bundan ham yaxshiroq o‘yin namoyish etishimiz va juda yaxshi himoyalanishimiz kerak“

Flik Xans-Diter ("Bavariya"): “Dortmundda ajoyib jamoa bor. Ular Bundesligadagi eng yaxshi va juda sifatli himoyalanadigan jamoalardan biri, to‘pni egallab olgandan keyin esa xavfli. Bizning jamoa bo‘lib o‘ynashimiz muhim. Bu Der Klassiker, shuning uchun hamma g‘ayratli bo‘ladi. Bilamizki, butun dunyo tomosha qiladi, bu bizni yanada ko‘proq narsalarga undaydi. Biz ishonamiz va o‘yinda g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz“

Xulosa o‘rnida, “Borussiya“ bu gal mamlakat chempionligi uchun jiddiy kurash olib boradi, boisiki, bir necha yillardan beri amalga oshirilayotgan transferlar orqali faqat ikkinchi o‘rin bilan cheklanaverish na rahbariyatga va na muxlislarga xush kelayotgani yo‘q. Albatta parallel ravishda xalqaro maydonda ham jang qilishi darkor. Aniqki, “Bavariya“ning kuchi, salohiyati va vajohati har qancha frontda kurash olib borish uchun yetarli.
Bu oqshom “Signal Iduna Park“da kechadigan, o‘zaro prinsipial raqiblar o‘rtasidagi dastlabki bahs, ko‘p ehtimolki, mavsum yakunidagi chempionlik uchun yaxshi yurish bo‘ladi.

Dadajon Foziljonov tayyorladi

Kiritildi: 19:16, 07.11.2020.
O'qildi: 3096 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.