Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

O‘z terma jamoasidan qimmat futbolchilar

O‘z terma jamoasidan qimmat futbolchilar

Baho:
+ | -

Stadion.uz transfer summasi terma jamoasining barcha a’zolarinikidan qimmatroq sanalgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi.

Nabi Keyta - Gvineya

«Liverpul» jamoasi yarim himoyachisi o‘zining professional karyerasini Fransiyada boshlaydi. Qisqa muddatda nimalarga qodir ekanligini isbotlagan futbolchi 25 yoshida «Liverpul»ning asosiy futbolchilaridan biriga aylanadi. APL, YECHL singari klublar miqyosidagi katta turnirlarda g‘alaba qozongan futbolchini terma jamoa borasida omadli deb bo‘lmaydi. Ayni damda, Yurgen Kloppning shogirdini transfermarket portali 40 million yevroga baholamoqda. Uning qolgan jamoadoshlarining umumiy qiymati 17,5 million yevroga teng. Ushbu sumanning 12 millioni esa, «Olimpiakos» yarim himoyachisi Madi Kamaraga tegishli.

Son Xyon Min – Janubiy Koreya

«Tottenhem» hujumchisi 2020 yilda terma jamoa sharafini himoya qilgani yo‘q. U singari Yevropada to‘p surayotgan boshqa koreyalik futbolchilar ham terma jamoadan chaqiruv olmadi. Shu bois, Janubiy Koreya terma jamoasining umumiy qiymati keskin tushib ketdi. Ayni damda, Son Xyon Minning transfer qiymati 80 million yevroga teng. Bu ayni damdagi, koreyslarning to‘liq tarkibidan ham qimmatroq degani.

Yan Oblak – Sloveniya

Aslida, Yevropa jamoalarida bunday holat juda kam kuzatiladi. Shundga qaramay, Yan Oblak o‘z terma jamoasidagi jamoadoshlaridan har tomonlama o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni damda, Sloveniya terma jamoasining umumiy transfer qiymati 118 million yevroga teng. Agar ushbu tarkibdan 80 million yevrolik Yan Olbakni olib tashlasak, Sloveniya 38 million yevrolik tarkibga ega o‘rtamiyona jamoaga aylanib qoladi.

Alfonso Devis – Kanada

«Bavariya» jamoasi bilan o‘tgan mavsumda Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan futbolchi nafaqat Kanada, balki butun KONKAKAF ning eng qimmat futbolchisi sanaladi. U «Chelsi» vingeri Pulishichni ham transfer summasi borasida orqada qoldirmoqda. Ayni damda, Kanada terma jamoasining 49 kishidan iborat kengaytirilgan tarkibi 59,6 million yevroga teng. Alfonso Devisni qo‘lga kiritish uchun esa, kamida 80 million yevrodan voz kechish talab etiladi.

Muhammad Salax – Misr

Salax nafaqat Misrda, balki barcha arab va musulmon davlatlarda ham juda mashhur. Ayni damda, u jamoadoshi Sadio Mane bilan birgalikda Afrikaning eng qimmat futbolchisi sanaladi. Bugungi kunda Salaxning transfer qiymati 100-120 million yevro atrofida baholanmoqda. Misr terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi 50 million yevrodan oshmaydi.

Per-Emerik Obameyang – Gabon

Londonning “Arsenal” jamoasi forvardi 21 yoshga qadar Fransiya termasi sharafini himoya qilgan, ammo eng muhim tanlovni Gabon xalqi uchun qabul qiladi. Afsuski, bu qaror o‘zini oqladi deb bo‘lmaydi. Sababi, Obamenyang 2017 yildan beri terma jamoadagi faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan. Ba’zan u terma safida ko‘rinish beradi va birdaniga yo‘qolib qoladi. Uning Gabon termasidagi nostabil o‘yiniga qaramay, muxlislar qattiq hurmat qilishadi. Ayni damda, ushbu terma jamoaning umumiy qiymati 37 million yevroga teng. Agar Obameyangning transfer summasi qo‘shilsa, unda bu ko‘rsatgich 87 million yevroga qadar ko‘tariladi.

Leon Beyli – Yamayka

KONKAKAF qit’asida nomdor futbolchilarni har doim ham uchratavermaysiz. Gap shundaki, bu yerlarda futbol birinchi raqamli sport turi emas. Yamaykada ham futbolni birinchi raqamli sport turi deb bo‘lmaydi. Asosan yengil atletikachilari bilan olamga dong taratgan mamlakat futbol jamoasini haqida ma’lumotlar ko‘p emas. Shunga qaramay, Leon Beyli sababli ushbu yurt futboliga bo‘lgan e’tibor bir muncha ko‘tarildi. «Bayer» vingeri o‘zining ishonchli o‘yinlari bilan qisqa muddat ichida omma e’tiborini tortishga muvaffaq bo‘ldi. Uning ayni damdagi transfer qiymati 30 million yevroga teng. Bu Yamayka terma jamoasining umumiy qiymatidan 5 million yevro ko‘proq degani.

Genrih Mxitaryan – Armaniston


Geynrih «Borussiya Dortmund», «Manchester Yunayted» singari jamoalarda to‘p surgach, uning karyerasida keskin pasayish kuzatilgandek tuyulgan edi. Qahramonimiz «Roma»da yana o‘zini erkin his etishni boshladi. Ayni damda, armanistonlik futbolchini transfermarket nashri 20 million yevroga baholamoqda. Butun boshli Armaniston jamoasi esa, 13,35 million yevrodan oshmaydi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:58, 08.11.2020.
O'qildi: 7492 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.