Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Pike nega «MYU»ni tark etgan? Runi bunga birgina o‘yin sabab deb hisoblaydi!

Pike nega «MYU»ni tark etgan? Runi bunga birgina o‘yin sabab deb hisoblaydi!

Baho:
+ | -

Stadion.uz «Barselona» jamoasining tirik afsonasi Jerar Pikening Angliyadagi  sarguzashtlari haqida fikr almashadi.

Bugungi kunda Pikeni «Barselona»dan boshqa klub tarkibida tasavvur qilish juda mushkul. Darhaqiqat, 2008 yildan beri Jerar «Barselona» klubi sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Faoliyati davomida qahramonimiz sovrinlar borasida istalgan futbolchi bilan bahslashishga qodir kolleksiyani yig‘ib oldi. Unda JCHdan tortib klublar o‘rtasidagi JCHgacha bo‘lgan oltin medallar mavjud. Bundan tashqari, Pike butun boshli Kataloniya futbolining yorqin timsoli sanaladi. U kelajakda klub prezidenti bo‘lishiga hech kimda shubha yo‘q. Bu haqida soatlab suhbatlashish mumkin, biroq keling mavzudan chetga chiqmaylik.

Qahramonimiz «Barselona»ning asosiy himoyachisi bo‘lishidan avval, turli klub va turli uslublarda o‘z o‘yinini toblab olishiga to‘g‘ri keldi. Messi, Fabregaslar bilan birgalikda 17 yoshga qadar «Barselona B» sharafini himoya qilgan futbolchi kutilmaganda «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolaydi. Ushbu tanlov sababli qahramonimiz 4 yil davomida «qizil iblislar» sharafini himoya qildi. Ushbu qaror Pikeni chinakam erkak bo‘lib yetishishida katta rol ijro etdi. O‘spirin yoshida oila va do‘stlaridan uzoqda, begona o‘lka va boshqa mentalitet egalari vatanida to‘p surish oson emas. Boz ustiga, shaxsan Ser Aleksning e’tiborini qozonish ham oson bo‘lmagani turgan gap.

Shunga qaramay, o‘zining insonlar bilan tez til topishib ketishi sababli Pike tezda barchaning hurmatini qozonadi. Bu holat Manchesterda ham takrorlangan desak, adashmagan bo‘lamiz. Qahramonmiz, klubda asosan Park Ji Sun va Andresonlar bilan do‘stlashgan edi. Shuningdek, Edvin Van Der Sar va Patris Evra ham unga o‘z akasidek bo‘lib qolgan, biroq ular oilali bo‘lgani bois ko‘p vaqtini uyda o‘tkazishar edi.

Pike Angliyadagi debyut uchrashuvini 2004 yilda o‘tkazadi. “Aleksander Kryu”ga qarshi kubok bahsida Ser Aleks uni sinab ko‘radi. 17 yoshli bolakayning APL grandining markaziy himoyasida ko‘rish biroz g‘alati tuyulgan edi o‘shanda. Oqibatda, 2006/07- mavsumni qahramonimiz «Real Saragoza»da ijara asosida o‘tkazadi va ortga ancha tajriba to‘plab qaytadi. O‘ziga bo‘lgan ishonchi baland bo‘lgan Pike Ferguson bilan suhbatlashishga qaror qiladi. Ser Aleks yosh ispanga ishonch bildiradi va uni asosiy jamoada 25 ta o‘yin o‘tkazishiga va’da beradi. Qahramonimiz APLning 23 ta bahsida maydonga tushadi va chempionat oltin medallariga ega chiqadi. YCHLda esa, Ser Aleks uni 4 ta o‘yinda maydonga tushiradi va qahramonimiz 2 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ladi. O‘zining ilk mavsumidayoq deyarli barcha sovrinlarni yutgan Pikeni «qizil iblislar» jamoada olib qolishi va u kelajakda Vidich yoki Ferdinandning o‘rnini egallashi bashorat qilingan edi, biroq… Angliyadagi 4 yil yakunlangach, «Manchester Yunayted» negadir Pikeni atigi 5 million funt evaziga ortga qaytib ketishiga ruxsat beradi. Keling, vaziyatga o‘sha davrdagi «qizil iblislar»ning futbolchilari qanday nigoh bilan boqishganiga e’tibor qaratamiz.

Ueyn Runi:

“Menimcha Pikening Angliyadagi faoliyatiga «Bolton»ga qarshi mehmondagi o‘yin nuqta qo‘ygan edi. Sababi, «tumanli albion»da «Bolton»ga qarshi mehmonda faqat «jang» qilib g‘alaba qozonish mumkin. Boshqachasiga bu jamoa bilan o‘ynab bo‘lmaydi.”

Chempionatning so‘nggi turlari bo‘lgach, ushbu bahs «qizil iblislar» uchun juda muhim edi. O‘yin haqida o‘sha davrlardagi jamoaning sardori Rio Ferdinand ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tishga qaror qildi. Himoyachi o‘zining You Tube kanalida shu yili ushbu mavzu haqida atroflicha fikr bildirib o‘tdi:

“Bugun biz «Barsa» safida ko‘rayotgan Pike bilan «MYU»dagisi o‘rtasida juda katta farq mavjud. U biz bilan to‘p surgan chog‘larda juda ham yosh edi, biroq o‘z kuchiga shu qadar ishonar ediki, ba’zan hayron qolar edik. Uning sovrinlar yutishiga ishonish mumkin, biroq Pike bu uslubdagi himoyalanishi bilan  Angliyada hech narsaga erisha olmasligi aniq edi. Ayniqsa, «Bolton»ga qarshi mehmondagi o‘yin vaziyatni oydinlashtirib beradi. Murabbiy unga ishonch bildirdi va  butun o‘yin davomida Anelkani qo‘riqlashi kerak edi. Afsuski, u bu ishni uddalay olmadi. Anelka kiritgan gol yakunda yagonaligicha qoldi. Meni to‘g‘ri tushuninglar, agar u hozir «Siti»da to‘p tepganida, hammasi joyida bo‘lar edi. Afsuski, Ser Aleksning jismoniy tayyorgarlik ustiga qurilgan jamoasida Pikega o‘rin yo‘q edi. Keyinroq Ser Aleks bilan shu mavzuda suhbatlashdik. U menga bir sirni ochdi. Aytishicha, Pep Gvardiola bilan suhbatlashgan va u Ser Aleksga qudratli «Barselona»ning paydo bo‘lishida Pikening transferi ulkan rol ijro etganini tan olgan ekan.”

Kirishtianu Ronalduning transferini amalga oshirgan Karlos Keyrush Ser Aleksning komandasidan ketgach, uning o‘rnini Rene Melestin eggaladi. Ushbu mutaxassis 2019 yilda Sky Sports uchun katta intervyu berdi ushbu voqeaga tegishli bir nechta faktlarni oshkor qildi.

“Pike o‘zini asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor deb hisoblar, unga hech qanday qo‘shimcha yuklamalar kerakligi haqida o‘ylamas edi. Vaholanki, o‘sha davrlarda Ser Aleksning qo‘lida Vidich, Ferdinand, O'shi va Evans singari yigitlar mavjud edi. Biz uchun u himoyadagi 5 variant edi xolos. Shu bois, o‘zi uchun katta baho beruvchi yigitchani bu holat qoniqtirmasligi aniq. Shunday bo‘lsada, Ferguson Pikega asosiy tarkibga kirish uchun imkoniyat yaratib berdi. U muhim bo‘lgan «Bolton»ga qarshi bahsda Pikeni asosiy tarkibda maydonga tushirdi va u qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi.

Futbolchining o‘zi ham «Manchester Yunayted» jamoasida nega ushlanib qolmagani haqida chiroyli tushuntirish berib o‘tgan desak, adashmagan bo‘lamiz.

“Ming la’nat, men o‘sha kuni hali-hamon eslayman. To‘p boshlarimning tepasidan o‘tib ketgani shundoqqina yodimda. Men unga yeta olmagan edim. «Bolton» erkin zarbani ijro etdi, men esa Anelkani bir lahza ko‘zdan qochirdim. Men baland sakradim, biroq to‘pga yetolmadim. Ortimga o‘girilsam Anelka gol urmoqda. O‘sha uchrashuvni mening aybim sababli yutqazdik.”

O‘sha omadsizlikka qaramay, Pikening «qizil iblislar» akademiyasida orttirgan tajribasi unga qo‘l kelgani rost. Ispaniyadagi metodikadan tubdan farq qiluvchi ingliz futboli Pikega maydonda erkin fikr yuritish va vaziyatni to‘g‘ri baholashga o‘rgatdi. Ser Aleks unga «orzular teatri»da o‘zini sinab ko‘rish imkoniyatini berdi. Pike aynan shu klubda ilk bor chempionlik va YCHL oltim medallariga ega chiqdi. Qahramonimiz, o‘zining Manchesterdagi sarguzashtlarisiz hozirgi darajaga chiqa olmasligini bir necha bor ta’kidlab o‘tgan.

Xo‘sh, uning «Bolton»ga qarshi uchrashuvi bo‘lmaganida, vaziyat qanday ko‘rinish olgan bo‘lardi? Bu savolga javob olishning endi imkoni yo‘q. Shunday bo‘lsada, Jerar o‘zi tanlagan futbol yo‘lidan afsuslanmasligi turgan gap. Sababi, u erishish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni boshi uzra ko‘tardi va barcha zamonlarning eng qudratli jamoalarida to‘p surdi. «Bolton»ga qarshi bahs esa, uning sayyoramizdagi eng omadsiz, ammo shu bilan birgalikda eng omadli futbolchi ekanligidan dalolat. Yana kim biladi deysiz?!

Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:54, 10.11.2020.
O'qildi: 9640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.