Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Xoland, Oblak va boshqalar. Yevropa chempionatidan quruq qolgan yulduzlar ramziy jamoasi

Xoland, Oblak va boshqalar. Yevropa chempionatidan quruq qolgan yulduzlar ramziy jamoasi

Baho:
+ | -

Stadion.uz qit’a birinchiligida ishtirok etmaydigan eng kuchli futbolchilardan tuzilgan ramziy jamoani e’tiboringizga havola etadi.

Darvozabon. Yan Oblak (Sloveniya)

Sayyoramizning eng kuchli darvozabonlaridan biri uchun Yevropa Chempionati uchun eshiklar bir yil oldin berkilgan edi. Afsuski, Sloveniya Yevropa Ligasidagi o‘yinlarning barchasini boy berdi va o‘z guruhida so‘nggi o‘rinni egalladi. Oqibatda, 28 yoshli “Atletiko” ki ofperi katta musobaqadan quruq qoldi. Achinarlisi shundaki, u hali birorta yirik turnirda ishtirok etganicha yo‘q.

Himoyachi. Mett Doerti (Irlandiya)

Bu mavsum Doerti uchun omadli keldi. «Tottenhem» bilan shartnoma imzoladi va 28 yoshida grand jamoa a’zosiga aylandi. Irlandiya terma jamoasi ham Yevropa chempionati sari dadil odimlayotgan edi, ammo hal qiluvchi bahsda Slovakiyaga imkoniyat bor berildi. Penaltilar seriyasidan so‘ng, Irlandlar ortga qaytib ketishga majbur bo‘lishdi.

Kostas Manolas (Gresiya)

Gresiya terma jamoasi qit’a birinchiligida g‘alaba qozonganida (2004) Kostas 13 yoshli bolakay edi. O‘shandan beri greklar katta musobaqalarga saralash o‘yinlarida muammolarga duch kelmoqda. Bu qatorasiga ularning 3-bor turnirdan  quruq qolishi.  «Roma» va «Napoli» sharafini munosib himoya qilib kelayotgan futbolchi bu musobaqani uzoq kutgan edi, afsus bu safar ham omad kelmadi.

Stefan Savich (Chernogoriya)

Stefan ham Oblak bilan birgalikda Yevropa chempionatini uyda tomosha qiladi. Chernogoriya saralash o‘yinlarini to‘liqligicha boy berishdi Chexiya, Angliya, Bolgariya va hatto Kosovadan ham keyingi o‘rinni egalladi. Savich esa, o‘z faoliyatidagi yana bir katta musobaqada ishtirok etish imkonidan ayrildi. Kelasi turnirda ishtirok etish imkoni juda kam. Sababi, unga qadar Savichning yoshi 34 ga yaqinlashib qoladi.

Elseyd Xisay (Albaniya)

Alban futbolchisi Italiyani qisqa muddatda zabt etdi. Gattuzoning ishonchini oqlagan himoyachi uchun Yevropa chempionati saralashi omadsiz keldi. Yozda uning xizmatlari bilan «Liverpul», «Tottenhem» singari grand klublar qiziqib qolgan bo‘lsada, jamoa yosh futbolchini tarkibda olib qolishga qaror qildi.

Yarim himoyachilari. Sergey Milenkovich-Savich (Serbiya)

Serbiya katta musobaqalarda ishtirok etish borasida biroz kamtarin jamoa. Ushbu yurt negadir qit’a birinchiligi saralash o‘yinlarida qiynaladi. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Saralashda Ukraina va Portugaliyaga imkon boy berildi. «Lasio» yetkachisi esa, qanchalik urinmasin maqsadiga yeta olmadi.

Martin Edegor (Norvegiya)

Ushbu yurt terma jamoasida ajoyib futbolchilar jamlangan edi. Norman, Serlot, Xoland, Berge va Edegor! «Real Madrid» futbolchisi Zidan qo‘l ostida har doim ham maydonga tushmayapti, shunday bo‘lsada terma uchun barcha saralash bahslarida ishtirok etdi. Afsuski, yakunda Norvegiya o‘zining so‘nggi yillardagi eng kuchli tarkibi bilan ham musobaqadan chetda qoldi.

Miralem Pyanich (Bosniya va Gersegovina)

Miralem Lyuksemburgda katta bo‘lgan. Shu bois, u Lyuksemburg yoshlar jamoasi sharafini himoya qilgan. Keyinroq, Fransiyaga ko‘chib o‘tadi. U yerda ham mamlakat terma jamoasidan taklif tushadi, biroq qahramonimiz kutilmaganda Bosniya xalqi oldidagi vazifasini ado etishga qaror qiladi. «Barselona» jamoasi a’zosi hozir klubda ham, terma jamoada ham omadsiz damlarni boshdan kechirmoqda.

Genrix Mxitaryan (Armaniston)

Mxitaryan juda yorqin faoliyat olib bormoqda. Avvaliga «Borussiya Dortmund»da «yondirdi», keyin «Manchester Yunayted» va “Arsenal”da o‘zini ko‘rsatdi. Mana endi «Roma»da yetakchilardan biriga aylanib oldi. Qahramonimiz «Jenoa»ga qarshi bahsda 3 ta gol kiritgani yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Afsuski, uning terma jamoa bilan omadi kelmadi. Armaniston ancha yillardan beri katta musobaqalarga yaqin ham kelmayapti.

Hujumchilar. Edin Jeko (Bosniya va Gersegovina)

Jeko chinakam Bosniya jamoasi rekordchisi sanaladi. U terma jamoada gol kiritish va o‘yin o‘tkazish borasida mutlaq yetakchi. Qahramonimiz 2014 yildagi JCH da terma sharafini himoya qilgan edi, biroq Yevropa chempionati u uchun erishilmagan yutuq bo‘lib qolmoqda. Afsuski, bu armonga aylanadi. Sababi, kelasi musobaqaga qadar Jeko 38 yoshni qarshi olgan bo‘ladi.

Erling Xoland (Norvegiya)

Ayni damda, eng ko‘p muhokama qilinayotgan bolakay ham musobaqani uyida tomosha qilishi aniq bo‘ldi. Afsuski, Xoland o‘zining ilk katta musobaqasini o‘tkazib yubordi. 20 yosh bo‘lishiga qaramay, professional darajadagi o‘yinlarda 100 ta gol kiritgan futbolchi qit’a birinchiligida barchaning e’tiborini tortishi aniq edi. Xolandning yo‘qligi, Yevropa chempionatidagi intrigani biroz kamaytirgani rost.

Alternativ tarkib: Strakosha (Albaniya) — Djimsiti (Albaniya), Milenkovich (Serbiya), Evans (Shimoliy Irlandiya), Simikas (Gresiya) — Berge (Norvegiya), Sigurdsson (Islandiya), Kampl (Sloveniya) — Ilichich (Sloveniya), Tadich (Serbiya), Yovich (Serbiya).

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:22, 14.11.2020.
O'qildi: 6314 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.