Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Jahonning eng kuchli hujum chizig‘i kimniki? (Top 10)

Jahonning eng kuchli hujum chizig‘i kimniki? (Top 10)

Baho:
+2 | -

Stadion.uz sayyoramizdagi eng kuchli hujum chizig‘iga ega jamoalar bilan tanishtirib o‘tadi. Ushbu ro‘yxatda terma jamoada to‘p surayotgan futbolchilar joy olgan bo‘lib, ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda kuchli o‘nlikdan o‘rin egallashdi.

10-o‘rin. Gollandiya

Asosiy tarkib: Donni van de Bek, Memfis Depay, Kvinsi Promes, Lyuk De Yong.

Zaxiradagi futbolchilari: Steven Bergveyn, Rayan Babel, Steven, Bergeys, Kelvin Stengs

Gollandiya terma jamoasi ikkita katta musobaqani o‘tkazib yubordi. Bunga murabbiylarning no‘noqligi sabab bo‘lgani aniq. Van Besten, Gullit, Reykard, Kroyf singari ijarochilar to‘p surgan gollandlar tarkibidagi Promes, Babbellar bor ekanligi bilan xursand bo‘lmasligi aniq. Shunday bo‘lsada, ayni damda bu hujum chizig‘i Yevropaning kuchli 10 tasidan bittasi.

9-o‘rin. Ispaniya

Asosiy tarkib: Ispaniya: Marko Asensio, Ferran Torres, Ansu Fati, Alvaro Morata

Zaxira futbolchilari: Dani Olmo, Isko, Luis Alberto, Adama Traore.

Ispaniya terma jamoasida mashhur futbolchilar yetarlicha topiladi. Shunday bo‘lsada, ular orasida super yulduzlar yo‘q. Shunday bo‘lsada, Ansu Fati va Ferran Torres bu kamchilikni to‘ldirishi mumkin. Agar ular o‘sishdan to‘xtab qolishmasa, Ispaniya yana Yevropaning eng kuchli jamoasiga aylanishi mumkin.

8-o‘rin. Italiya

Asosiy tarkib: Lorenso Insine, Federiko Bernardeski, Federiko Keza, Chiro Immobile.

Zaxira futbolchilari: Lorenso Pellegrini, Nikola Dzanyolo, Moyze Kin, Andrea Belotti.

Italiyaliklar ham yaqin o‘tmishni tez-tez yodga olishi aniq. Sababi, Del Pyero, Totti, Badjo, Inzagi singari hujumchilari aynan terma jamoa safida o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini namoyish etgan. E’tiborlisi shundaki, ayni damdagi jamoa 21 ta o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Bunda nafaqat himoya, balki hujumning ham ta’siri katta. Italiyaning Ispaniyadan farqi shundaki, ular jamoaviy o‘yin borasida biroz kuchliroq.

7-o‘rin. Braziliya

Asosiy tarkib: Braziliya: Koutinyo, Neymar, Gabriyel Jezus, Roberto Firmino.

Zaxira futbolchilari: David Neres, Rodrigo, Vinisius, Risharlison.

Braziliyaning yangi asr boshidagi hujum chizig‘i yodingizdami? Ronaldo, Kaka, Ronaldino, Rivaldolarning maydonda ko‘rsatgan «mo‘’jiza»lari hali-hamon muxlislarning xotirasida abadiy qoladi. To‘g‘ri, Braziliya jamoasining ayni damdagi hujum chizig‘i vakillari ham kuchli, ammo ular bir musht bo‘lib tugilmaydi. Ularning barchasi o‘zgacha. Shu bois, ba’zan ularni bir joyda jamlash muammo tug‘diradi.

6-o‘rin. Germaniya

Asosisy tarkib: Kay Xavers, Serj Gnabri, Leroy Sane, Timo Verner.

Zaxira futbolchilari: Yulian Brandt, Marko Roys, Tomas Myuller, Luka Valdshmidt.

Nemis mashinasining hujum chizig‘i o‘zgacha. Bu yerda, tezlik, shiddat, texnika va to‘purarlik uyg‘un. Barchasi iqtidorli futbolchilar, ammo hozircha ularda yetakchi yo‘q. Lyov yangilangan jamoaga Myuller va Royslarni jalb etmayapti. Balki, ular yoshlarga yetakchilik qilarmidi?!

5-o‘rin. Belgiya

Asosiy tarkib: Kevin De Bryuyne, Eden Azar, Dris Mertens, Romelu Lukaku.

Zaxira futbolchilari: Yannik Ferreyra-Karrasko, Torgan Azar, Jeremi Doku, Mishi Batshuayi.

Belgiya terma jamoasining nafaqat hujumi, balki butun tarkibi yulduzlar bilan to‘lib toshgan. Shunday bo‘lsada, hujum chizig‘ida murabbiy sinovdan o‘tgan yigitlarga ishonch bildirmoqda. Belgiya termasining oldingi chizig‘ida tanlov juda ko‘p. Shu bois, murabbiy katta musobaqaga qadar o‘zi uchun ideal futbolchilarni yig‘ib olishi mumkin.

4-o‘rin. Argentina

Asosiy tarkib: Anxel Di Mariya, Lionel Messi, Paulo Dibala, Lautaro Martines.

Zaxira futbolchilari: Lukas Okampos, Anxel Korrea, Serxio Aguero, Mauro Ikardi.

Argentinada hech qachon hujum chizig‘idagi yigitlar bilan muammo bo‘lmagan. Ulardan kuchsizroq darvozabon, o‘rtamiyona himoya bo‘lishi mumkin, ammo hujum borasida hech qachon muammolar bo‘lmagan. Ikardi va Aguyerolarga joy topilmagan jamoa birinchi o‘ringa loyiq, ammo asosiy tarkibdagi yigitlarning yoshi 30 dan oshib ketdi. Shu vajdan ularni 4-o‘ringa joylashtirdik.

3-o‘rin. Portugaliya

Asosiy tarkib: Brunu Fernandesh, Bernardu Silva, Joau Felish, Krishtianu Ronaldu.

Zaxira futbolchilari: Diogo Jota, Trinkau, Rafael Leau, Andre Silva.

Balki, Leo qolib Krish karyerasining so‘nggida JCH g‘olibligini qo‘lga kiritar? G‘alati eshitilishi mumkin, biroq ayni damda Santush shogirdlari 2016 yildagidan ancha kuchliroq. Hujum chizig‘ida yangi yulduz – Bruno Fernandeshning borligi imkoniyatlarni oshirmoqda. Shuningdek, g‘alabaga o‘ch va so‘nggi so‘zini hali aytmagan Ronaldu ko‘p narsani hal etishga qodir.

2-o‘rin. Fransiya

Asosiy tarkib: Kilian Mbappe, Antuan Grizmann, Kingsli Koman, Antoni Marsyal.

Zaxira futbolchilari: Usman Dembele, Aleksandr Lyakazett, Markus Tyuram, Olive Jiru.

Aslida Fransiya va Angliyaning bugungi kundagi hujum chizig‘i bir xil kuchga ega, biroq inglizlarda tanlov bir muncha ko‘proq. Boz ustiga, Marsyal va Girzmannlar hozir o‘zining eng kuchli formasida emas. Fransuzlarning oldingi chizig‘idagi kuchi Mbappe bo‘lib turibdi.

1-o‘rin. Angliya

Asosiy tarkib: Markus Reshford, Djeydon Sancho, Raxim Sterling, Xarri Keyn.

Zaxira futbolchilari: Dele Alli, Djeyms Meddison, Djek Grilish, Dominik Kalvert-Lyuin

Ayni damda, Garri Sautgeytda naqd to‘rtta teng kuchli tarkib mavjud. Ayni damda, ingliz futbolida ajoyib avlod yetishib chiqmoqda. Ayniqsa, hujum chizig‘idagi yoshlardan umid katta. Yuqorida nomi zikr qilinmagan Maunt, Grinvud, Foden va Vardilardan tashqari yana 10 hujumchi sanab berishimiz mumkin. Umuman olganda, ingliz futboli ayni damda o‘zining eng gullagan davrini boshidan o‘tkazmoqda. Balki, ular kutgan uzoq yillik sovrin yaqinlashib qolgandir?! Agar murabbiy bu avlod bilan hech bo‘lmasa Yevropa chempionligini qo‘lga kirita olishmasa, kelajak avlod muxlislari uni kechirmasligi aniq.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 20:00, 16.11.2020.
O'qildi: 19223 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.