Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Yevropada Ramos tengsiz, biroq Ronaldu unga yetib olishi mumkin

Yevropada Ramos tengsiz, biroq Ronaldu unga yetib olishi mumkin

Baho:
+ | -

Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasi safida o‘zining 177-o‘yinini o‘tkazdi. Shu tariqa u terma jamoa sharafini eng ko‘p himoya qilgan futbolchiga aylandi. Xo‘sh, bu borada kimlar yetakchi? Bugun Yevropa terma jamoalari safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan «gvardiya»chilar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Anatoliy Timashuk – Ukraina, 144 ta o‘yin

Kuchli o‘nlikni «Zenit» va «Bavariya» jamoasining sobiq futbolchisi ochib beradi. Qahramonimiz o‘zining so‘nggi uchrashuvida Litmanen, Kloze va Shey Givenlardan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Uning rekordini tortib olish imkoni faqatgina Luka Modrichda mavjud. Xorvatning hisobida 140 ta o‘yin mavjud.

Robbi Kin – Irlandiya, 146 ta o‘yin

Robbining terma jamoadagi natijalari kishi ko‘zini qamashtiradi. 146 ta o‘yin, 68 ta gol. Shunchaki, fantastik natija. APLning bir nechta grand jamoalari sharafini himoya qilgan futbolchi faoliyatining so‘nggi qismlarini MSLda o‘tkazdi. Hatto, MLSda ham qahramonimiz sermahsulligini yo‘qotgani yo‘q.

Andre Svensson – Shvesiya, 148 ta o‘yin

Yarim himoyachi naqd 14 yil davomida terma jamoadan chaqiruv oldi. O‘zining «Sautgempton»dagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Svensson bugungi kunda futbol sharhlovchisi bo‘lib faoliyat olib bormoqda. Uning hisobida sariq libosda kiritilgan 21 ta gol mavjud.

Lotar Matteus – Germaniya, 150 ta o‘yin

O‘z vaqtida «oltin to‘p» sovrinini o‘ziniki qilib olgan Matteus faoliyati davomida o‘z pozisiyasini o‘zgartirib borgani tahsinga sazovor. Qahramonimiz jismonan baquvvat bo‘libgina qolmay, maydonni ko‘ra bilish borasida ham boshqalardan ajralib turar edi. Aynan u «bundestim» ijrochilari orasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazganlar borasida peshqdam. Manuel Noyerda esa bu son atigi 92 tani tashkil etmoqda.

Martin Reym – Estoniya, 157 ta o‘yin

Estoniya terma jamoasi futbolchisi 17 yil davomida terma sharafini himoya qildi. Birorta katta musobaqada to‘p surmagan bo‘lsada, yarim himoyachini Estoniya futboli faxriysi deb rasman e’lon qilishgan. Uning hisobida 14 ta gol ham mavjud.

Vitaliy Astafayevst – Latviya, 167 ta o‘yin

Latviya futboli afsonasi bo‘lsada, uning nomini shu kunga qadar aytarli hech kim eshitmagani aniq. 17 yil davomida termadan chaqiruv olgan futbolchi 2010 yilda butsalarini mixga ilib yubordi. U bir mavsum davomida «Rubin» jamoasida to‘p surgan. Bundan boshqa aytarli natijalari yo‘q, ammo terma jamoa safida to‘p surish borasida Ronaldudan atigi 2 ta o‘yinga ortda qolmoqda.

Krishtiau Ronaldu – Portugaliya, 169 ta o‘yin

Krish bu boradagi rekordni ham shaxsan o‘ziniki qilib olish uchun tinmay harakat qilmoqda. Asosiy raqibi ham bo‘sh kelmayapti. Ronaldu tug‘ma jangchi.SHu bois, bu ko‘rsatgichni ham o‘zlashtirish uchun oxirigacha kurash olib borishi turgan gap.

Janluijji Buffon – Italiya, 176 ta o‘yin

Darvozabonlar ko‘proq o‘yin o‘tkazishiga o‘rganib qolganmiz, biroq Buffon haqida bunday deb bo‘lmaydi. Sababi, Jiji faoliyatining ilk yillaridayoq Toldo, Palyuka, Abbiati singari kuchli darvozabonlar bilan raqobatga kirishishga majbur bo‘lgan. Shunga qaramay, 176 ta o‘yin bu shunchaki fantastika! Boz ustiga, aynan uning erasida Italiya JCHda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgani tahsinga sazovor.

Serxio Ramos – Ispaniya, 177 ta o‘yin

Jamoa sardori va chinakam yetakchi ilk bor terma libosini 2005 yilda kiygan edi. U terma safiga qanot himoyachisi sifatida tashrif buyurgan bo‘lib, o‘zining tezkorligi bilan ajralib turar edi. U Ispaniya safida JCH, Yevropa chempionligini qo‘lga kiritdi. Yaqindagina o‘tkazilgan o‘yinlar soni borasida Buffoni ham quvib o‘tdi. Unga yetib olishi uchun Buskets yana 57 ta o‘yinda ishtirok etishi lozim. Shuningdek, Ramos sayyoramizdagi eng ko‘p terma sharafini himoya qilgan futbolchiga ham aylanishi mumkin. Buning uchun yana 4 ta uchrashuv lozim. Bu boradagi rekord hozircha Misr termasi afsonasi Ahmad Xasanga tegishli. Agar Ramos o‘z sport formasini saqlab qolsa, Maldini singari 40 yoshga qadar bemalol to‘p surishi mumkin.

Boshqa terma jamoalarning o‘yin borasidagi rekordchilari

Angliya – Shilton 125 ta o‘yin bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Uni katta tempda quvib o‘tishga harakat qilgan Runo 120 ta o‘yin cheklanishga majbur bo‘ldi. Bekxem esa, 115-o‘yinida termadan ketganini rasman e’lon qilgan edi.

Belgiya – «Tottenhem» sobiq futbolchisi Vertongen 120 ta o‘yin bilan hammadan o‘zib ketgan. Undan keyingi o‘rinni Vitsel 109 ta o‘yin bilan egallab turibdi. Kuchli uchlikni Eden Azar hisobida ham 100 tadan ko‘p o‘yin mavjud.

Fransiya – Birinchi pog‘onani himoyachi Tyuram egallab turibdi. 142 ta o‘yin. Undan keyingi o‘rinni egallab turganlar orasida Anri va Lorislar mavjud. Loris o‘z termasining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi uchun yana 33 bor maydonga tushishi lozim.

Gollandiya – Uesli Snayder 134 ta uchrashuv. Van Der Sarda 120 ta o‘yin. Shuningdek, De Bur, Van Der Vart, Kuyt, Koku va Van Persilarda ham o‘yinlar soni yuzlik dovondan oshgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:10, 16.11.2020.
O'qildi: 6870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.