«Barselona» klubi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Serxio Busketsning jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi. U bir hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Ispaniyalik futbolchi klub va terma jamoaning navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
Serxio Buskets Millatlar ligasi doirasida Shveysariyaga qarshi bahsda (1:0) jarohat olgan edi. Yarim himoyachi chap tizzasidagi bo‘g‘im lat yegani aniq bo‘ldi.
Shu tariqa, Buskets "qizil furiya" safida Germaniyaga qarshi o‘yin, Li liga doirasida «Atletiko»ga qarshi bahs va Chempionlar ligasi 4-turi doirasida Kiyevning «Dinamo» klubiga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.