Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Paxtakor» futbol akademiyasi: rivojlanish sari qadamlar

«Paxtakor» futbol akademiyasi: rivojlanish sari qadamlar

Baho:
+1 | -

"Paxtakor" futbol akademiyasidagi sharoitlarni yaxshilash, uning foydalilik hajmini oshirish ustida ishlar olib borilmoqda.

16 noyabr kuni “Paxtakor” futbol akademiyasining 2006 va 2008 yilda yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Chilonzor” stadionida “Bunyodkor” va Toshkent shahri futbol akademiyasi jamoalari bilan blis-turnir tashkil etildi. Shota Arveladze tashabbusi bilan o‘tkazilgan o‘yinlarda o‘sib kelayotgan yosh futbolchilarning harakatlari kuzatilib, ularning qaysi jihatlar ustida ishlashi zarurligi borasida xulosalarga kelindi. 2006 yilgi jamoamiz Toshkent futbol akademiyasidan 3:1 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, 2008 yil tarbiyalanuvchilari “Bunyodkor”ni kichik hisobda mag‘lub etishdi.

Akademiyaning asosiy maqsadlari qatoridan sifatida yoshlarni sog‘lom tarbiyalash, yosh futbolchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini vujudga keltirish, tayyorgarlik uchun ilmiy-uslubiy sharoitni rivojlantirish, O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalariga yuqori saviyali futbolchilarni tayyorlab berish kabi vazifalar o‘rin olgan.

Ayni paytda "Paxtakor" FK rahbariyati akademiyani rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Bosh murabbiy Shota Arveladzening o‘zi ham ko‘p marta yoshlar jamoalari ishtirokidagi bellashuvlar, akademiya jamoalari mashg‘ulotiga tashrif buyurib, ularning imkoniyatini o‘rganib, zarur maslahatlarni berib boradi. Yosh o‘yinchilarning futbol bilan shug‘ullanishiga qulay sharoitlar yaratishga asosiy urg‘u berilmoqda, ishni yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yish uchun xorijdan mutaxassislar taklif etilmoqda. Bu borada jahonga mashhur «DOUBLE PASS» kompaniyasi bilan hamkorlik va kompaniya xodimlarining bevosita faoliyat ko‘rsatishini aytish mumkin. Ushbu kompaniya futbol klublari tuzilmasini o‘rganib, klub, futbolchilar va akademiyalarning yanada rivojlanishi uchun yordam berib keladi. Uning mutaxassislari klublarda bo‘lib, ma’lum vaqt davomida butun tizimni o‘rganib chiqishadi va ish qay darajada professional yo‘lga qo‘yilgani haqida o‘z xulosasini beradi. Shu tariqa klub o‘z faoliyatini yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yishi va nimalarga e’tibor berishi zarurligi haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Bir necha marta kompaniya vakillari doimgidek akademiya murabbiylari bilan turli mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Unda futbolchilariga to‘g‘ri ovqatlanish, organizmga zarur miqdorda dam olish, o‘yinni tashkil etishga yordam beradigan boshqa turli jihatlar borasida saboqlar berishdi. Zamonaviy futbolda nafaqat o‘yin, balki tiklanish, dam olish va ovqatlanishning ahamiyati muhim kasb etmoqda. Aynan shu holatlar bo‘yicha turli misollar yordamida futbolchilarga ma’lumotlar taqdim etildi.

Yosh o‘yinchilar - futbolimiz kelajagi. Ularni turli uslublarni qo‘llagan holda doimo o‘sib borishlarini ta’minlash lozim. Aynan shu sababli klub rahbariyati tomonidan akademiya faoliyati qayta ko‘rib chiqilmoqda. Akademiya direktori Islom Ahmedov uzoq yillar davomida yosh futbolchilar va murabbiylarni tayyorlashda katta xizmat ko‘rsatib, OFK yo‘riqchisiga aylangan. Ahmedovga uzoq yillar "Paxtakor" tizimida ishlab kelgan Valeriy Borodavkin yordamchi sifatida ko‘maklashib kelmoqda. Murabbiylar malakasi, mahorati va saviyasini o‘stirish borasida doimiy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

2019 yil oxirida klubimizga qarashli "Chilonzor" stadioni hududida ikkita yangi sun’iy qoplamali maydoni foydalanishga topshirildi va mashg‘ulotlarni avvalgidan ancha yaxshi o‘tkazishga sharoit muhayyo etildi.
Akademiya tarbiyalanuvchilariga qulay sharoit yaratish maqsadida klub rahbariyati "Chilonzor" stadioni hududida ikkita sun’iy qoplamali maydon qurib bitirdi. Ulardan biri ming nafar muxlisni sig‘diradigan tribunaga ham ega. U yerda akademiya jamoalaridan tashqari ayollar jamoasi ham o‘z o‘yinlarida maydonga tushmoqda.

Akademiya tarbiyalanuvchilarida asosiy jamoa, “Paxtakor” ruhiyatini his qilishni shakllantirishda turli tadbirlar tashkil etiladi. Asosiy tarkib futbolchilari bilan mashg‘ulotlar, shuningdek, asosiy jamoa murabbiylarining akademiya murabbiylari va jamoalari uchun o‘tkazadigan mahorat darslari shular jumlasidandir. Bunday uchrashuv va mashg‘ulotlar klub akademiyasi tarbiyalanuvchilariga "Paxtakor"ning asosiy tarkib futbolchilari bilan yaqindan tanishishdan tashqari klub haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish, uning an’analarini his qilish va hurmat qilishni shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.

2019 yilgi mavsumda akademiyaning 5 nafar tarbiyalanuvchisi asosiy jamoa safida Superligada debyutlarini o‘tkazgan bo‘lsa, joriy mavsum Diyor Xolmatov va Hojimat Erkinov ilk bor “Paxtakor” sharafini himoya qilishdi. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Hojimat Erkinov, Ruslan Roziyev, Diyor Xolmatov kabi tarbiyalanuvchilarimiz hozirdanoq yaxshi saviyadagi o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozonib ulgurgan. Moskvaning “Spartak” klubida o‘ynayotgan Oston O‘runov, Belarus chempionatida muvaffaqiyatli o‘yin namoyish qilayotgan Jasur Yaxshiboyev ham aynan “Paxtakor” futbol maktabidan chiqqan. Ayni paytda asosiy tarkibda maydonga tushayotgan 12 nafar futbolchi klubimiz tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 12:47, 17.11.2020.
O'qildi: 3946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.