Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Millatlar Ligasi. Ispaniya nemislarni «er tishlatib», final bosqichiga yo‘l oldi

Millatlar Ligasi. Ispaniya nemislarni «er tishlatib», final bosqichiga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Yevropa Millatlar Ligasining 6-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 17 noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Kunning markaziy o‘yini Ispaniya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Alvaro Morata boshi bilan zarba yo‘llab, darvozani aniq nishonga oldi. 33-daqiqada Ferran Torres jamoasining ikkinchi golini urgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Rodri hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda Torres yana ikkita gol urgan holda het-trik qayd etdi va hisobni 5:0 ko‘rinishiga keltirdi. O‘yin yakunalishi arafasida Mikel Oyarsabal jamoasining 6-golini urdi.

Bu g‘alaba orqali Luis Enrike jamoasi guruhda birinchi o‘rinni egalladi va musobaqa final bosqichiga yo‘l oldi.

Shuningdek, final bosqichi yo‘llanmasini muddatidan avval hal qilishga ulgurgan Fransiya terma jamoasi Shvesiya bilan bahs yuritdi. Shvedlar 4-daqiqadayoq Viktor Klassonning goli evaziga hisobni ochdi. Bunga maydon egalari Olivye Jiruning dubli va Benjamin Pavarning goli bilan javob qaytardi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Robin Kvayson hisobni qisqartirdi, biroq hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Kingsli Koman o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 4:2.

Guruhning ikkinchi uchrashuvi Xorvatiya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar safida Mateo Kovachich dublga erishgan bo‘lsa, portugallarning gollariga Ruben Diash (dubl) va Joau Feliks muallif bo‘ldi.

Shu tariqa A3-guruhida Shvesiya va Xorvatiya 3 ochkodan to‘pladi. O‘zaro o‘yinlarda ham tenglik yuzaga kelgani bois to‘plar nisbatiga ko‘ra Shvesiya "B" ligaga ravona bo‘ldi.

Millatlar ligasi, 6-tur
17 noyabr, seshanba
Xorvatiya — Portugaliya 2:3
Gollar: 1:0 – 29 Kovachich, 1:1 – 52 Ruben Diash, 1:2 – 60 Joau Feliks, 2:2 – 65 Kovachich, 2:3 – 90 Ruben Diash.
Xorvatiya: Livakovich, Bradarich, Lovren, Shkorich, Modrich, Pashalich (Brekalo, 64), Vlashich (Orshich, 84), Rog, Perishich, Kovachich (Bashich, 90), Yuranovich.
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Mariu Ruy (Joau Kanselu, 71), Ruben Diash, Semedu, Ruben Semedu, Moutinyu, Danilu Pereyra (Serjiu Oliveyra, 77), Diogu Jota (Paulinyu, 77), Brunu Fernandesh (Trinkau, 46), Joau Feliks (Bernardu Silva, 71), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Rog (22), Ronaldu (54), Perishich (57).
Chetlatish: Rog (51).

Ispaniya — Germaniya 6:0
Gollar: 1:0 – 17 Morata, 2:0 – 33 Ferran Torres, 3:0 – 38 Rodri, 4:0 – 55 Ferran Torres, 5:0 – 71 Ferran Torres, 6:0 – 89 Oyarsabal.
Ispaniya: Unai Simon, Ramos (Erik Garsiya, 43), Serxi Roberto, Gayya, Pau Torres, Rodri, Kanales (Fabian Ruis, 12), Olmo (Asensio, 73), Koke, Ferran Torres (Oyarsabal, 73), Morata (Xerar Moreno, 73).
Germaniya: Noyer, Maks, Ginter, Zyule (Ta, 46), Kox, Kroos, Gyundogan, Gnabri, Goretska (Noyxaus, 61), Sane (Valdshmidt, 61), Verner (Xenrixs, 77).
Ogohlantirishlar: Kox (37), Ta (67).

Fransiya — Shvesiya 4:2
Gollar: 0:1 – 4 Klasson, 1:1 – 16 Jiru, 2:1 – 36 Pavar, 3:1 – 59 Jiru, 3:2 – 88 Kvayson, 4:2 – 90+5 Koman.

Malta — Farer orollari 1:1
Gollar: 1:0 – 54 Giyome, 1:1 – 69 Younsson.

Gibraltar — Lixtenshteyn 1:1
Gollar: 1:0 – 17, avtogol Brendle, 1:1 – 44 Frik.

Lyuksemburg — Ozarbayjon 0:0

Chernogoriya — Kipr 4:0
Gollar: 1:0 – 14 Yovetich, 2:0 – 25 Bolevich, 3:0 – 28 Bolevich, 4:0 – 60 Mugosha.

Andorra — Latviya 0:5
Gollar: 0:1 – 7 Chernomordiy, 0:2 – 57 Ikauniyeks, 0:3 – 60 Ikauniyeks, 0:4 – 70, penalti Gutkovskiy, 0:5 – 90, penalti Krollis.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:27, 18.11.2020.
O'qildi: 7177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик