Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids
27/01 11:00 Tailand 2-0 Livan
27/01 13:00 Iroq 4-2 Qirg‘iziston
27/01 13:00 Vyetnam 5-4 Kuvayt
27/01 17:00 Indoneziya 5-0 Janubiy Koreya
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks - Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal - Qayrat
29/01 01:00 Monako - Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao - Sporting
29/01 01:00 Atletiko - Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer - Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D - Inter
29/01 01:00 Bryugge - Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F - Tottenhem
29/01 01:00 Barselona - Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul - Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti - Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos - Slaviya
29/01 01:00 PSJ - Nyukasl
29/01 01:00 PSV - Bavariya
29/01 01:00 Benfika - Real Madrid
29/01 01:00 Napoli - Chelsi
29/01 01:00 Yunion - Atalanta

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Musa jamoa izlamoqda

O‘zining «Lester» va SSKA klublaridagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan Ahmad Musa faoliyatini Serbiyada davom ettirishi mumkin.

"Mondo« nashrining ma’lum qilishicha, hujumchi uchun asosiy da’vogar "Srvena Zvezda" jamoasi bo‘lib turibdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchida bir nechta APL klublaridan ham takliflar mavjud.

Veynaldum borasida taklif ko‘p

«Liverpul» jamoasi yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkin.

"Goal" nashrining ma’lum qilishicha, yozda erkin agentga aylanishi kutilayotgan yarim himoyachi bilan Madrid super klubi jiddiy qiziqib qoldi. Manbaning ma’lum qilishicha, Zidan aynan Veynaldum yordamida Kazemiroga munosib raqobatchini olib kelmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» hozircha gollandiyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif etganicha yo‘q.

Xedira qayerga ketadi?

Turinning «Yuventus» jamoasi yarim himoyachisi Sami Xedira faoliyatini MLS da davom ettirishi mumkin.

"Goal« nashrining ma’lum qilishicha, Pirloning rejalariga kiritilmagan futbolchi uchun asosiy da’vogar »Inter Mayami" klubi bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda «Inter Mayami»da «Yuventus»ning ikkita sobiq futbolchilari (Iguain, Matyudi) to‘p surmoqda.

«Inter» himoyachi izlamoqda

Milanning «Inter» klubi qishda «Napoli» himoyachisi Nikola Maksimovich bilan shartnoma imzolamoqchi.

Milan klubi 28 yoshli futbolchi bilan muzokaralarni yanvay oyida boshlamoqchi. Futbolchining «Napoli» bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga yetadi. Shu bois, «Inter» arzimagan pul evaziga Nikolani o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq himoyachi bilan «Vest Hem» klubi qiziqib qolgan edi.

Isko keladimi? Anchelotti javob berdi

Liverpulning «Everton» jamoasi bosh murabbiyi - Karlo Anchelotti «Real Madrid» yarim himoyachisi Iskoning transferi borasida bayonot berdi:

«Iskoni klubga chorlaganim haqidagi so‘zlar bo‘lmagan gap. Biz hali qishki transfer oynasi haqida fikr yuritganimiz yo‘q. Mening Isko borasida aytgan so‘zlarimning barchasi mish-mish»

Eslatib o‘tamiz, Isko qishda transferga qo‘yiladi. Uni qo‘lga kiritishni istaganlar orasida Manchester shahrining ikkita klubi ham mavjud.

«Yunayted»ga yana Saul kerak

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi "Atletiko Madrid" yarim himoyachisi Saul Nigez bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Goal" nashrining ma’lum qilishicha, klub ispaniyalik futbolchi uchun 80 million yevro taklif qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Saul va "Atletiko Madrid« o‘rtasidagi shartnoma 2026 yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, uni "matraschilar" 120 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:21, 20.11.2020.
O'qildi: 10665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.