Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Marat Bikmayev: "Gollarimni otamga bag‘ishlayman"

Marat Bikmayev: "Gollarimni otamga bag‘ishlayman"

Baho:
+ | -

AGMK darvozasiga ikkita gol urgan "Lokomotiv" hujumchisi Marat Bikmayev  o‘yindan so‘ng klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Marat, g‘alaba bilan tabriklaymiz. O‘yinni zaxiradan boshlash sizning kayfiyatingizga ta’sir qilmadimi? Maydonga tushishingizdan oldin murabbiylar sizga nima dedi?

- Nega ta’sir qilarkan? O‘yinni asosiyda boshlaymanmi yoki zaxirada farqi yo‘q, kayfiyat yuqori nuqtada bo‘ladi. Murabbiylar shtabi menga alohida vazifalar yukladi. Biz hujumdagi faollikni oshirib, bosim qilishimiz kerak edi. Umuman olganda, natijadan mamnunman. Qiyin bo‘ldi, biroq jamoa o‘yinning borishini o‘zgartira oldi. O‘yinni foydamizga yakunlashga qattiq urindik va bunga erishdik.

- Sovuq qorli havo o‘yinning borishiga ta’sir qildimi?

- Albatta! Bunday sovuqda qancha yugursangiz ham oyoq muzlab qoladi va chiroyli o‘yin ko‘rsatish qiyin bo‘ladi. "Loko"da ham AGMKda ham shunday bo‘ldi. Biroq ob-havodan nolib bo‘lmaydi. Qorda o‘ynash qiyinmi? Qiyin! Biroq professional futbolchilar barchasini to‘g‘ri qabul qilishi kerak.

- O‘yinga otangiz kelgani qo‘shimcha motivasiya berdimi?

- Otam kichkinaligimdan har bir qadamimni kuzatib boradi. U meni qo‘llab-quvvatlagan barchadan ustun. Otam men bilan nafaqat uy o‘yinlarida, balki boshqa shaharlariga ham boradi. Undan barchasiga minnatdorman. Bugungi gollarimni unga bag‘ishlayman

Kiritildi: 07:19, 20.11.2020.
O'qildi: 2613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.