Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Gazizov: «O‘runov kelajakda Yevropaning juda kuchli jamoasida o‘ynaydi»

Gazizov: «O‘runov kelajakda Yevropaning juda kuchli jamoasida o‘ynaydi»

Baho:
+ | -

«Spartak» bosh direktori Shamil Gazizov "Chempionat"ga bergan intervyusida jamoaning 19 yoshli futbolchisi Oston O‘runov haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— O‘runov — yuqori saviyadagi futbolchi. Shu paytgacha u bilan birga ishlaganlarning barchasi buni bilishadi. Rossiyada bunday saviyadagi futbolchi ko‘p emas.

— Muxlislar qachon uni maydonda ko‘rishadi?
— Bu menga bog‘liq savol emas. U ko‘p o‘yinda maydonda to‘liq harakat qilmadi. Mamlakat peshqadami «Zenit»ga qarshi bahsda O‘runov har tomonlama yaxshi o‘ynadi. U o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Amalda bu uchrashuv uning uchun debyut o‘yin bo‘ldi. Bu pozisiyada undan nima xohlashadi? U barchadan to‘pni olib qo‘yishini, gol urishini, hammani aldab o‘tishinimi? O‘runov — universal futbolchi. Ha, u hozircha raqobatda yutqazyapti, ammo hozircha. Agar «Spartak»ni olib qaraydigan bo‘lsak, birinchi kundanoq jamoaga kirishib ketgan o‘yinchini topish qiyin.

— Shuning uchun uni «Gerta»ga bermadingizmi?
— Biz uni darhol sotib yuborish uchun xarid qilmagandik. O‘runovga talab bor va bundan keyin ham bo‘ladi. Oston Yevropaning juda kuchli jamoasida o‘ynaydi, «Spartak» esa uni yanada kuchli qiladi. Transfer oldidan men Tedeskodan so‘radim: «U bizga kerakmi?» Domeniko transferga rozilik berdi.

— Agar u qarshi bo‘lganida-chi?
— U holda O‘runov boshqa jamoa safiga o‘tgan bo‘lardi. Ishoning, keyin bundan afsuslanardik. Bu variant men uchun yomon bo‘lardim: men zo‘r futbolchini raqib jamoaga berib qo‘yishni istamasdim. Bunday qilolmayman.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:37, 20.11.2020.
O'qildi: 4454 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик