Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Yamal: «Messi, Ronaldu va Maradona mening yoshimda buncha ko‘p sovrin yutmagan»

Yamal: «Messi, Ronaldu va Maradona mening yoshimda buncha ko‘p sovrin yutmagan»

Baho:
+ | -

«Barselona»ning 19 yoshli vingeri Lamin Yamal o‘z yutuqlari haqida fikr bildirdi.

«Futbolda buyuk futbolchilar bo‘lgan — Leo [Messi], Krishtianu [Ronaldu] yoki o‘yinini ko‘rish nasib qilmagan Diyego [Maradona].

Ammo hech kim mening yoshimda buncha ko‘p sovrin yutmagan. Pelening misoli bor, lekin so‘nggi vaqtlarda bunday holat kuzatilmadi.

Ayrimlar men nimanidir qo‘lga kiritganimdan keyin endi xotirjam bo‘lishim mumkin, deb o‘ylashadi. Ammo futbol tarixidan munosib joy olish uchun hali yana minglab ishlar qilishim kerakligini bilaman», — dedi Yamal.

Lamin — «Barselona» tarbiyalanuvchisi. U kattalar futbolida 157 ta o‘yin o‘tkazib, 56 ta gol urgan va 54 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ispaniya terma jamoasi safida esa 33 ta uchrashuvda 7 ta gol va 13 ta golli uzatma qayd etgan.

Yamal — jahon va Yevropa chempioni, shuningdek, klublar darajasida 6 ta sovrin sohibi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 22:45, 14.09.2026.
O'qildi: 2784 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик