Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Qatardagi inshootlar JCH-2022ga 90 foizga tayyor

Qatardagi inshootlar JCH-2022ga 90 foizga tayyor

Baho:
+ | -

Qatarning 2022 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish uchun tayyorgarligi 90 foizga baholandi. Bu haqda tashkiliy qo‘mita e’lon qilgan press-relizda ma’lum qildi.

Mundial uchun mo‘ljallangan 3ta stadion allaqachon ishga tushirib yuborilgan. Bular —«Xalifa», «Al-Janub» va «Edyukeyshn Siti». Mazkur uchta stadionda 2020 yil davomida yuzdan ortiq o‘yinlar o‘tkazildi.

«At-Tumama», «Al-Bayt» va «Ar-Rayyan» o‘yingohlarining qurilishi tugallanish arafasida. 2021 yilda esa «Ras Abu Abud» va «Lusail» stadionlarida aksariyat ishlar yakunlanadi.

Bundan tashqari, Qatarda yangi yo‘llar qurildi, Hamad xalqaro aeroportini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilyapti. 2022 yilga kelib ushbu aeroport bir yilda 50 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi.

«So‘nggi 10 yilda amalga oshirgan ishlarimiz bilan faxrlanamiz. Musobaqa infratuzilmasi va butun mamlakat bo‘ylab inshootlar qurilishi jadallik bilan ketmoqda. Musobaqa boshlanishiga yaqin barcha ishlar rejadagidek yakunlanadi.  Bizning loyihalar insonlar hayotida muhim rol o‘ynay boshladi».

Bu Qatar uchun, mintaqa uchun va butun jahon uchun aqlbovar qilmas darajada muhim chempionat. Turnir jahon bo‘ylab milliardlab insonlarga Yaqin Sharq va Arab o‘lkasi bilan yaqindan tanishish uchun imkon beradi. 2022 yilda butun dunyoni kutib olishdan mamnun bo‘lamiz», — deyiladi tashkiliy qo‘mita bosh kotibi Hasan At-Tavadiy tarqatgan bayonotda.

Ma’lumot o‘rnida. JCHning ochilish o‘yini 2022 yilning 21 noyabr kuni 60000 ming tomoshabin sig‘adigan «Al-Bayt» stadionida, final bahsi esa 18 dekabr kuni 80 ming muxlisni o‘z bag‘riga oladigan «Lusayl» o‘yingohida o‘tkaziladi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 18:14, 20.11.2020.
O'qildi: 3993 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик