Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Sulsher - Pogba haqida: «U "MYU"ga yaxshi formada kerak"

Sulsher - Pogba haqida: «U "MYU"ga yaxshi formada kerak"

Baho:
+ | -

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher ushbu mavsumda kam o‘yin o‘tkazayotgan yarim himoyachi Pol Pogba atrofidagi vaziyat haqida gapirdi.

«O‘tgan mavsum Pogba uchun qiyin bo‘ldi. U koronavirus bilan kasallangandi. Fransiya terma jamoasi tarkibidagi uchta uchrashuv uning shakllanishiga va o‘yin ritmiga qaytishiga yordam berdi. Biz suhbatlashdik, endi u o‘zini kuchliroq bo‘lganini his qilmoqda.

Ishonamanki, u faqat rivojlanadi. U biz uchun ham futbolchi, ham shaxs sifatida juda muhimdir. Uning yuqori sport formasida bo‘lishi "Manchester Yunayted" uchu aqlbovar qilmas darajada muhim.

Har bir o‘yin yangi hayotga o‘xshaydi. O‘z maydonimizda YECHL doirasida "Leypsig" klubiga qarshi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik. Shunday qilib, biz o‘z maydonimizda va safardagi o‘yinlarda boshqacha ko‘rinyapmiz.

Biz ishlayapmiz. "Everton"ga qarshi o‘yin oldinga qadam tashlashda davom etayotganimizni ko‘rsatdi. Ishonchli himoyaviy o‘yin, ikkita ajoyib jamoaviy gol, ijodkorlik va qarshi hujumdan ajoyib gol», - dedi Sulsher.

"Manchester Yunayted" APLning 9-turida "Vest Bromvich" klubini qabul qiladi. O‘yin ertaga, 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Kiritildi: 20:14, 20.11.2020.
O'qildi: 4844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик