Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 1-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

No‘’mon Hasanov: «Penaltidan gol ura olmaganimiz bir tarafdan yaxshi ham bo‘ldi»

No‘’mon Hasanov: «Penaltidan gol ura olmaganimiz bir tarafdan yaxshi ham bo‘ldi»

Baho:
+ | -

"Navbahor" bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov Superliganing 23-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Surxon"ga qarshi o‘yin (1:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Avvalo bugungi g‘alaba bilan barchani, ushbu yutug‘imizda munosib hissalari bo‘lgan viloyat hokimi, klub rahbariyati, klubimiz homiylari, shuningdek, muxlislar hamda yaxshi o‘yin namoyish etgan futbolchilarni tabriklayman. Bugungi g‘alaba yigitlarga qo‘shimcha ruh bag‘ishlaydi, degan umiddaman. Chunki qatorasiga 3ta uchrashuvdan buyon zafar quchyapmiz. Hali oldinda Superliga va O‘zbekiston kubogi o‘yinlari bor va  g‘alabalarimiz bardavom bo‘ladi, degan niyatdaman.

Bugungi o‘yin borasida gapiradigan bo‘lsam, uchrashuv juda yoqdi. To‘g‘ri,  kichik hisobda g‘alaba qozondik. Biroq, futbolchilar berilgan ko‘rsatmalarga amal qilgan holda, to‘pni bir-birlariga aniq oshirgan holda, rohatlanib, to‘p surishdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida jamoamizda ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Hattoki, penaltini ham urolmadik. Lekin, bu bir tarafdan yaxshi ham bo‘ldi. Boisi, futbolchilar 2-bo‘limda maydonga xuddi hisob 0:0 bo‘lganidek, chiqishdi hamda yakunda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi", — dedi No‘’mon Hasanov.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:00, 20.11.2020.
O'qildi: 2069 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик