Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

No‘’mon Hasanov: “G‘alabalarimiz bardavom bo‘ladi, degan niyatdaman”

No‘’mon Hasanov: “G‘alabalarimiz bardavom bo‘ladi, degan niyatdaman”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Surxon” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi No‘’mon Hasanov ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Jamoamiz ustozi so‘zini uchrashuv haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Avvalo bugungi g‘alaba bilan barchani, ushbu yutug‘imizda munosib hissalari bo‘lgan viloyat hokimi, klub rahbariyati, klubimiz homiylari, shuningdek, muxlislar hamda yaxshi o‘yin namoyish etgan futbolchilarni tabriklayman.

Bugungi g‘alaba yigitlarga qo‘shimcha ruh bag‘ishlaydi, degan umiddaman. Chunki qatorasiga 3ta uchrashuvdan buyon zafar quchyapmiz. Hali oldinda Superliga va O‘zbekiston kubogi o‘yinlari bor hamda g‘alabalarimiz bardavom bo‘ladi, degan niyatdaman.

Bugungi o‘yin borasida gapiradigan bo‘lsam, uchrashuv juda yoqdi. To‘g‘ri, kichik hisobda g‘alaba qozondik. Biroq, futbolchilar berilgan ko‘rsatmalarga amal qilgan holda, to‘pni bir-birlariga aniq oshirgan holda, rohatlanib, to‘p surishdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida jamoamizda ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Hattoki, penaltini ham urolmadik. Lekin, bu bir tarafdan yaxshi ham bo‘ldi. Boisi, futbolchilar 2-bo‘limda maydonga xuddi hisob 0:0 bo‘lganidek, chiqishdi hamda yakunda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi.

- Yaqinda O‘zbekiston kubogi musobaqasiga qur’a tashlandi va unda “Navbahor”ning mazkur turnirdagi ilk raqibi ma’lum bo‘ldi. Jamoaning kubok musobaqasidagi maqsadi qanday?

- Albatta, O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish.To‘g‘ri, qur’adagi ilk raqibimiz quyi liga vakili “Oqtepa” bo‘ldi. Ammo bu raqibga ham yengil qaramaslik kerak. Chunki bitta gol urib, himoyaga yotib olishi ham mumkin. Shuning uchun,o‘sha o‘yinga ham munosib tayyorgarlik ko‘ramiz. Maqsadimiz, har bir bahsda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushish.

- Keyingi mavsumda ham “Navbahor”da bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritasizmi? Ivan Solovyovning jamoadan ketishi, bugun uning “Navbahor”da oxirgi o‘yini bo‘lganligi borasida gap-so‘zlar bo‘lmoqda.Bu haqda nima deya olasiz?

- Birinchi savolingizga kelsak, “Navbahor” klubi bilan joriy mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolaganman.SHuning uchun kelasi yili jamoada ishlashim borasida aniq gap ayta olmayman.

Ivan Solovyov to‘g‘risida to‘xtaladigan bo‘lsam, uning klub bilan amaldagi shartnomasi bor. Shartnomasi bor futbolchi esa o‘zingizga ma’lum, hech qayoqqa keta olmaydi.

Mabodo kelasi mavsumda ham “Navbahor”da faoliyat yuritadigan bo‘lsam,Solovyovni jamoada qoldirgan bo‘lardim.CHunki o‘zinglar guvohi bo‘lyapsizlar, u maydonda ancha jonkuyar va yaxshi texnikaga ega. Bunday futbolchilar esa kam.

So‘zim yakunida muxlislardan futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman. Ayrim ishqibozlar futbolchilarni haqoratlashmoqda. Masalan, bugun ham g‘alaba qozongan bo‘lsak-da, 3-4 yigitlar muxlislar haqoratlashganini ta’kidlab, xafa bo‘lib o‘tirishibdi. Bilmadim, “Navbahor”ning yutqazishini istaydigan ishqibozlar ham bormi? Bunday muxlislar stadionga kelishmasa ham mayli. Futbolchilar ishqibozlarga quvonch ulashish uchun maydonga tushishadi. Shuning uchun muxlislardan doimo, har qanday holatda ham o‘yinchilarni qo‘llab- quvvatlab,ularga qo‘shimcha kuch-quvvat va ruh bag‘ishlashlarini iltimos qilaman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 10:13, 21.11.2020.
O'qildi: 1433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик