Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

La liga. «Real» «Vilyarreal» bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

La liga. «Real» «Vilyarreal» bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida «Vilyarreal» o‘z uyida «Real»ni qabul qilib, durangga imzo chekdi.

Madridliklar bahsning 2-daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Qanotdan yetkazilgan uzatmani Mariano Dias bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Zidan jamoasi taym oxirigacha zich himoyalanib, raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa "sariq suvosti kemasi" o‘z o‘yinini kuchaytirib, "Qirollik klubi" darvozasiga oldida xavfli vaziyatlar yarata boshladi. Bahsning 75-daqiqasida esa Chukvueze darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan bo‘lsa, Kurtua uni yiqitdi. Belgilangan penaltini Jerar Moreno aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

Qolgan daqiqalarda jamoalar xarchand urinishmasin, darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi. Ayniqsa, zaxiradan maydonga tushgan Takefusi Kubo o‘z jamoasi — "Real"ni ayadi. U yakkama-yakka vaziyatda Kurtuani dog‘da qoldira olmadi.

Ushbu durang tufayli "Vilyarreal" o‘z ochkolarini 19taga yetkazib, La liga jadvalida 2-pog‘onani saqlab qoldi. "Real" esa 17 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.

Ispaniya La ligasi, 10-tur
Vilyarreal – Real Madrid 1:1 (0:1)
Gollar: 0:1 – 2 Mariano Dias, 1:1 – 76, penalti Jerar Moreno.
Vilyarreal – Asenxo, Albiol, Pau Torres, Mario Gaspar (Penya, 89), Pedrasa (Pino, 61), Trigeros (Estupinyan, 61), Parexo, Iborra, Moyses Gomes (Kubo, 89), Bakka (Chukvueze, 61), Jerar Moreno.
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Varan, Nacho, Karvaxal, Edegor (Isko, 65), Kroos, Vaskes, Modrich, Azar (Vinisius Junior, 65), Mariano Dias (Asensio, 85).
Ogohlantirishlar: Nacho (68), Pino (90), Kroos (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:09, 21.11.2020.
O'qildi: 2650 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик