Italiyaning «Inter» klubi ijrochi direktori Juzeppe Marotta jamoa yarim himoyachisi Kristian Eriksen haqida fikr bildirdi.
«Agar futbolchining jamoadan ketish xohishi yuqori bo‘lsa, u holda uni kuch bilan ushlab qolishdan ma’no yo‘q. Bizda daniyalik futbolchini ayblash uchun hech qanday asos yo‘q, u o‘zini professionallarcha tutmoqda. Kristian maydonga tushish uchun doim tayyor. Qachonki u maydonga tushadigan bo‘lsa, murabbiy talab qilayotgan vazifalarni bajarishga harakat qiladi.
Hozircha futbolchi boshqa jamoaga o‘tish niyatida ekanligini bizga aytgani yo‘q. Lekin, fursat bo‘lishi bilan Eriksen borasida yakuniy qarorga kelamiz», — dedi Juzeppe Marotta.