Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

AGMK — «Andijon»: Prevyu

AGMK — «Andijon»: Prevyu

Baho:
+ | -

Mazkur qarama-qarshilik tarixida hozirga qadar 19 uchrashuv o‘tkazilgan.

AGMK "Andijon"ga qarshi o‘yinlarda 11 marotaba zafar quchgan. "Andijon" esa olmaliqliklar ustidan 4 bor g‘alaba nashidasini surishga muvaffaq bo‘lgan. Mazkur g‘alabalarga "Andijon" jamoasi 2008, 2009, 2010 va 2011 yillardagi o‘z uyida kechgan bellashuvlarda erishgan. Ya’ni, AGMK Olmaliqda "Andijon"ga hech bo‘yin egmagan. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi qolgan 4 uchrashuvda esa durang natijasi qayd etilgan. Mazkur murosa yo‘liga kelingan 3 bellashuvdan ikkitasi (2014, 2016) Olmaliqdagi bahsda sodir bo‘lgan. Andijonda esa jamoalar bir marotaba, ya’ni 2014 yilgi mavsumda durang qayd etishgan. Qizig‘i, 2014 yilgi mavsumdagi har ikkala bahsda ham g‘olib nomi aniqlanmagan.

Shu tariqa, mazkur qarama-qarshilikdagi sezilarli ustunlik AGMK tarafida. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ko‘rsatkich tabiiyki AGMK foydasiga xizmat qilmoqda: 35-23.

AGMK - "Andijon" uchrashuvi qiziqarli kechishiga bir qancha omillar mavjud. Birinchi navbatda har ikkala jamoaga ham ochko suv va havodek zarur. AGMK ikkinchi o‘rinni egallash uchun kurashini davom ettirishi va “Andijon” esa Superligada o‘z o‘rnini saqlab qolishga harakat qilishi tabiiy.

Eslatib o‘tamiz, AGMK — "Andijon" uchrashuvi 24 noyabr kuni Olmaliqdagi OKMK stadionida soat 16:00da boshlanadi.

"Andijon"ga qarshi bahs Rahimbek Karimov zimmasiga topshirildi. Mazkur hakam boshchiligidagi guruh Karimov joriy mavsumdan e’tiboran Superligada hakamlik qilmoqda. U ikkinchi bor AGMK ishtirokidagi uchrashuvda ishlaydi. Bunga qadar bu referi 20-tur doirasidagi "Nasaf"ga qarshi bahsda ham bosh hakam bo‘lgandi.

Superliga, 24-tur.
24 noyabr, seshanba.
AGMK — «Andijon» (16:00)
Olmaliq, «OKMK» stadioni.
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Jalg‘asbay Sarsenov, Damir Iskanderov, Shuhrat Rajabov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Aleksandr Davidenko.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 16:56, 23.11.2020.
O'qildi: 1306 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.