Londonning "Arsenal" klubi futbolchisi Nikolya Pepe APLning 9-tur doirasida "Lids" klubiga qarshi o‘tkazilgan bahsning 51-daqiqasida olgan qizil kartochkasi uchun uzr so‘radi.
— Juda muhim bahsda jamoamni qiyin ahvolga solib qo‘ydim. Bu harakatim kechirilmas. Men muxlislar, jamoadoshlarim, murabbiylar va klub oldida kechirim so‘rayman, - deb post qoldirdi Pepe o‘zining "Instagram"dagi rasmiy sahifasida.