Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

«Tottenhem» muxlislari bekorga qo‘rqishgan ko‘rinadi

«Tottenhem» muxlislari bekorga qo‘rqishgan ko‘rinadi

Baho:
+ | -

Stadion.uz yana APL peshqadamligiga qaytgan «Tottenhem» va uning ustozi haqida fikr almashadi.

Chalkashib ketgan yechim

Bu mavsumda APL uchun kurash juda avjiga chiqmoqda. Hozircha, start fantastik darajada. Mavsum oldidan favorit sanalgan «Liverpul» markaziy himoyachisiz qolib ketdi. «Siti» esa, Pep bilan o‘zining so‘nggi manziliga tobora yaqinlashib kelmoqda. Ispaniyalik mutaxassisning g‘oyalariga qarshi APLning deyarli barcha jamoasi immunitet hosil qilib bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, katta byudjetga ega klub har qanday vaziyatda qo‘shimcha kuchlarni ishga solishi mumkin.

Deyarli to‘liq yangilangan «Chelsi» hozircha transfer pullarini oqlay olmayapti, biroq bu uzoq yillik proyekt. «Lester» esa, pala-partish tarzda raqiblarini mag‘lub etmoqda. «Everton» Anchelotti boshchiligida nimalarnidir amalga oshirish niyatida bo‘lsa, «Tottenhem» musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa chiqib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Raqamlar so‘ylaganda

Ha aytgancha, «Tottenhem» so‘nggi 6 yil ichida ilk bor tur yakunlangach birinchi pog‘onaga chiqishdi. So‘nggi bor bunday voqea 2014 yilda sodir bo‘lgan edi. 9 ta turdan so‘ng, birinchi o‘ringa chiqib olish esa uzoq 1985 yilda amalga oshirilgan edi. Agar raqamlar haqida so‘ylasak, «shporlar» 2016 yildan beri «Siti»ni ikkita o‘yinda mag‘lub etishmaganini ham alohida e’tirof etgan bo‘lardik. Shuningdek, «shaharliklar» so‘nggi ikki uchrashuvda «Tottenhem» darvozasiga naqd 41 ta zarba yo‘llashgan, ammo birorta gol kirita olishmagan.

«Tottenhem» bu mavsumda APLda birinchi bo‘limda gol kiritish borasida yaqqol peshqadam. Joze shogirdlari ilk bo‘limlarda naqd 11 ta golni raqib darvozasiga joylab qo‘yishdi. Ha aytgancha, «Siti» bu mavsumda umumiy hisobda atigi 10 ta gol urdi xolos. So‘nggi 5 ta turda 5 ta gol kiritgan Son Xyon Min musobaqa to‘purari bo‘lib turibdi. U tomonidan «Siti» darvozasiga 4 daqiqa 19 soniyada urilgan gol hozircha bu mavsumdagi eng tezkor gol bo‘lib turibdi. Sonning jamoadoshi Keyn esa, 9 ta assist bilan musobaqaning eng sermahsul futbolchi sanaladi. Sababi, uning hisobida yana 7 ta gol ham mavjud. Bu raqamlardan shuni ma’lum qilishimiz mumkinki, Joze boshchiligidagi «shporlar» sekin asta kurashga qo‘shilishmoqda. Bu esa, quvonarli holat.

Ortga yo‘l yo‘q

2019 yilning 20 noyabr sanasida «Tottenhem» Pochettinoni iste’foga chiqargan edi. O‘shanda, deyarli barcha Joze tanlovidan havfsiragan, uning imkoniyatlariga shubha bilan boqqan edi. Gap shundaki, Pochettino kichik byudjet bilan ham sifatli jamoa tuzgan va maydonda tomoshabob o‘yin namoyish etar edi. Uning o‘rnini esa, janjallarga aralashib qolaveradigan, natija uchun o‘yin namoyish etadigan qariya Jozening kelishi ko‘pchilikda savol uyg‘otgani aniq.

Yangi murabbiy «Tottenhem» muxlislarida iliq taassurot qoldirmagani aniq. O‘sib borayotgan murabbiyni avtobus haydovchisiga almashtirish deb baholangan edi bu rokirovka. Pochettino jamoani tark etganida, klub 14 o‘rinda edi. 1-o‘rindagi klub farq 20 ochkoni tashkil etgani esa, bu iste’foga bo‘lgan qarshilikni biroz pasaytirishi aniq. Joze jamoaga kelgach, mavsum so‘nggida klub 6-o‘rinni egalladi. Ayniqsa, pandemiyadan so‘ng, mag‘lubiyatsiz davom etgan 6 ta o‘yin bunga ko‘maklashib yubordi.

Jozening Londondagi ikkinchi mavsumi esa, ancha osonroq boshlandi. Murabbiy yarim mavsum davomida to‘liq futbolchilarini o‘rganib oldi, vaziyatga moslashdi va yangi g‘oyalarni ishga soldi.

Hamma kutganidek, «Tottenhem» himoyalanmadi. Hamma kutganidek, klub ichki atmosferasi yomonlashmadi. Hamma kutganidek, klub to‘p nazoratini raqibga topshirib qo‘ymadi. «Tottenhem» markaziy himoya va maydon markazida futbolchilarning tartibli o‘yini evaziga qulay sxemada harakat qila boshladi. “Avtobus” haqidagi so‘zlar esa o‘tmishda qolgani darrov ma’lum bo‘ldi. Hujum chizig‘idagi super yakunlovchi va tezkor vingerlar effekti ham Jozening g‘alabalaridan katta rol ijro etmoqda.

Boshqacharoq qilib aytganda, Joze ekonom futbol bilan ham maksimum natija chiqarmoqda. APLdagi eng murakkab raqib – «Siti» bilan o‘yinga e’tibor qarating! «Shaharliklar» 22 ta zarba yo‘llashdi, biroq ularning birortasi golga aylanmadi. «Tottenhem» esa, butun 90 daqiqa davomida 4 ta zarbadan 2 ta gol «yasay» oldi. Boz ustiga, to‘p nazorati borasida ham London klubi katta farq bilan mag‘lub bo‘lgani yo‘q.

Shuningdek, ko‘pchilik kutganidek transfer kompaniyasi ham omadsiz chiqmadi. Murabbiy o‘zining omadsiz transferlari uchun ko‘p tanqid qilinar edi, biroq bu mavsumdagi Regilon va Xayberglar o‘zini oqladi. Hatto Beyl ham natija berishni boshladi. E’tiborlisi shundaki, murabbiy klub rahbariyatining transfer siyosatiga moslashmoqda va bor masalliqdan mazali taom tayyorlashni boshladi.

Ortda qolgan 9 ta tur mobaynida ma’lum bo‘ldiki, murabbiy o‘z «fishkalariga» sodiq qolibgina qolmay, rivojlanishdan, o‘sishdan to‘xtab qolmayapti. U oldinga qadam tashlashdan qo‘rqmaydiganlar sirasiga kiradi. Shunday ekan, mavsum so‘nggiga qadar unga va uning jamoasiga omad tilab qolamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:17, 24.11.2020.
O'qildi: 6517 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.