Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

"Milan" murabbiyi: "Futbolchilarning ko‘rsatgan o‘yinidan qoniqdik"

"Milan" murabbiyi: "Futbolchilarning ko‘rsatgan o‘yinidan qoniqdik"

Baho:
+ | -

Italiyaning «Milan» klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli koronavirus sababli karantinga olinganligi uchun, jamoaga Yevropa Ligasining 4-tur doirasida Fransiyaning "Lill" (1:1) klubiga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda Daniele Bonera murabbiylik qildi.

«O‘yinni yaxshi o‘tkazdik, lekin gol o‘tkazib yuborgan vaziyatimizda biroz befarqlik qildik. Birinchi uchrashuvdan farqli ravishda, bugun o‘yin borasida tashabbusga ega bo‘ldik. Futbolchilarning ko‘rsatgan o‘yinidan qoniqdik, faqatgina natija biz o‘ylagandek bo‘lmadi.

Tonaliga ishonamiz, u bugun jamoamizning o‘yinini aniqlab berdi. U jiddiy va aqlli yigit, uning o‘yinidan qoniqdik.

Jamoaning o‘rtacha yoshidan xursandmiz. Tarkibimizda yosh futbolchilar juda ko‘p. «Milan» yosh jamoa, lekin Kyera kabi tajribali futbolchilar sezilarli darajada yordam berishmoqda.

Ibragimovich biz uchun juda muhim, lekin jamoa uning yo‘qligini bilintirmaslikka harakat qildi. Tarkibda Zlatan bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham jamoamizning ruhiyati shunday», – dedi Bonera Sky Sport Italia bilan suhbatda.

Kiritildi: 08:48, 27.11.2020.
O'qildi: 1318 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик