Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Ivan Yosovich: "Qo‘qon-1912" safida o‘ynaganimdan baxtiyorman"

Ivan Yosovich: "Qo‘qon-1912" safida o‘ynaganimdan baxtiyorman"

Baho:
+ | -

Bu yilgi mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasi safida ikki nafar Serbiyalik legioner futbolchilar harakat qilishdi. Hujumchi Filip Rayevas avval ham bu jamoa safida to‘p surgan. Rayevas O‘zbekistonda “Bunyodkor”, “Lokomotiv” jamoalarida ham o‘ynashga ulgurgan.Himoyachi Ivan Yosovich esa bu mavsumda ilk bor o‘zbek klubi sharafini himoya qildi. Kecha tunda Yosovich hamda Rayevaslar o‘z yurtlariga uchib ketishdi. “Qo‘qon-1912” jamoasining markaziy himoyachisi bo‘lgan Ivan Yosovich ketishidan avval O‘zbekistondagi taassurotlari haqida klub matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berdi.

- Avvalo shunday go‘zal yurtda bo‘lish menga nasib qilganidan xursandman. Men superliganing 24-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” bahsida boshimdan jarohat oldim. Boshim yorilib , o‘yinni tugata olmay zahiraga chiqishga majbur bo‘lgan edim. Shifokorlar 10-15 kun maydonga chiqa olmasligimni ta’kidlashdi. Bu yoqda esa mavsum tugab bormoqda. Biz pandemiya tufayli salkam bir yil oilamizdan yiroqda bo‘ldik. 11 oy uydan olisda yashash oson emas. Albatta tezroq uyga qaytishni istadim. Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovdan, o‘ynay olmaydigan bo‘lsam uyga ruxsat berishini so‘radim. Murabbiyimiz meni to‘g‘ri tushundilar hamda Filip Rayevas ikkimizni ertaroq jamoani tark etishimizga ruxsat berdilar.

Men O‘zbekistonda bo‘lganimdan , “Qo‘qon-1912” jamoasi safida to‘p surganimdan juda baxtiyorman. Biz yil davomida ahil oila bo‘ldik. Ajoyib mavsumni o‘tkazdik. Jamoa rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar va barcha klub a’zolariga minnatdorchilik bildiraman. Qo‘qonda ajoyib muxlislar bor. Bunday fidoiy muxlislar ko‘z o‘ngida to‘p surish kishiga olam-olam zavq beradi. Endi uyga borib biroz hordiq chiqaraman. Menda o‘ylab ko‘rish uchun vaqt bor. Nasib qilsa balkim kelgusi yilda yana Qo‘qonda ko‘risharmiz. Mavsumning so‘nggi o‘yinlarida jamoadoshlarimga omad tilayman. Yana bir bor barchaga rahmat aytaman – dedi Ivan Yosovich.

Manba: Қўқон-1912 матбуот хизмати
Kiritildi: 14:43, 30.11.2020.
O'qildi: 1681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.