Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

«Farg‘ona tong otguncha»

«Farg‘ona tong otguncha»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Pro-ligasi teletranslyasiyalari o‘tgan davr ichida bizga qiziq voqealarni taqdim etdi. PFL va Futbol TV hamkorligining mevasi bo‘lgan bu jarayon O‘zbekiston futbolining o‘rganishga eng muhtoj hududi bo‘lgan Pro-ligani yuzaga olib chiqdi. Biz oxirigacha kurash olib boradigan, sun’iy hisoblardan holi bo‘lgan futbolni yaqindan ko‘rdik, tanidik. Sakkiz jamoa ishtirikidagi o‘yinlar intriga e’tibori bilan o‘zidan yuqoridagi ligadan o‘ta oldi, nazdimda. Bu fikrni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma masalasi so‘nggi uchrashuvda hal bo‘lishi ham isbotlaydi.

"Turon" — Yaypanning mazkur klubi Respublikani ajablantirdi. Bu o‘rinda o‘zgacha ishtiyoq, ishning o‘z egalariga topshirilishi, o‘z o‘rniga qo‘yilishi natija berdi, deya olamiz. Agar boshlangan ish shu maromda davom etsa "Turon" o‘zidan keyin paydo bo‘lishi kutilayotgan qilinayotgan xususiy klublarga umid bo‘la oladi.

"Neftchi" — O‘zbekistonning eng sovrindor ikki klubidan biri. Ulkan tarixi doim ta’qib qilib keladigan jamoa. Avval boshidan favorit edi. Ammo, ligadagi raqobat barchasini erta hal etish uchun to‘siq bo‘ldi. Endi ular o‘z maydonlarida "Turon"ga mag‘lub bo‘lmasliklari lozim.

Futbol TV esa yana xizmatda bo‘ladi. KTS xodimlari, sharhlovchilar Xayrulla Hamidov va Davron Fayziyev Farg‘onadan o‘yinda ishlashadi.

Bu o‘yin koronavirus pandemiyasi davrida o‘tgan o‘zbek futbol mavsumining chiroyli xotimasi bo‘ladi, nasib qilsa. Demak, birga kuzatamiz.


"Neftchi" - "Turon"
Futbol TV, soat 14:00!

Farg‘onada tong otsin, hammasini ko‘ramiz....

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 00:23, 01.12.2020.
O'qildi: 4124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.