Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«Real» Yevropa ligasiga yo‘l oladimi?

«Real» Yevropa ligasiga yo‘l oladimi?

Baho:
+ | -

«Real» Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasida Ukrainada "Shaxtyor" mehmoni bo‘lib, imkoniyatni boy berdi (0:2).

Mazkur mag‘lubiyat tufayli Zidan jamoasining guruhdagi ahvoli qiyinlashib qoldi. "V" guruhidagi vaziyat quyidagicha:

Jamoa O‘yin YutuqDurangMag‘-tT-NOchko
1 Borussiya M. 5 2 2 1 16-7 8
2 Shaxtyor 5 2 1 2 5-12 7
3 Real Madrid 5 2 1 2 9-9 7
4 Inter 5 1 2 2 7-9 5

"Madrid" "Shaxtyor"ga qarshi har ikki o‘yinda yutqazgani uchun ochkolar teng bo‘lganiga qaramay, ukrainaliklardan ortda qolishmoqda. So‘nggi turda to‘qnash keladilar:

9 dekabr, chorshanba
"Real Madrid" - "Borussiya Myonxengladbax"
"Inter" - "Shaxtyor"

1) "Qirollik klubi" so‘nggi turda "Borussiya M"ni mag‘lub etsa, o‘z ochkolarini 10taga yetkazadi va YECHL pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

2) "Real" so‘nggi turda durang o‘ynasa, jamoa taqdiri parallel kechadigan "Inter" - "Shaxtyor" uchrashuvida qanday natija qayd etilishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Demak, so‘nggi turda durang o‘ynasa, jamoaning ochkolari 8taga yetadi. Parallel o‘yinda:

a) "Inter" g‘alaba qozonsa, "neradzurri" o‘z ochkolarini 8taga yetkazadi. O‘zaro o‘yinga ko‘ra, "qaymoqranglilar" guruhda 2-o‘rinni qo‘lga kiritishadi.

b) "Shaxtyor" g‘alaba qozonsa, o‘z ochkolarini 10taga yetkazib, "Real"ni YECHL pley-off bosqichi yo‘llanmasidan mahrum qiladi. Zidan shogirdlari Yevropa ligasiga yo‘l oladi.

c) "Inter" - "Shaxtyor" o‘yini durang bilan tugasa, "neradzurri" YECHL bilan xayrlashadi. "Real" va "konchilar"ning ochkolari 8tani tashkil qiladi. O‘zaro o‘yinga ko‘ra "Shaxtyor" ustunlikka ega bo‘ladi. "Madrid" esa o‘z ishtirokini Yevropa ligasida davom ettiradi.

3) "Real" 6-turda mag‘lubiyatga uchrasa, narigi o‘yinda qanday natija qayd etilishidan qat’i nazar, jamoa Yevropa ligasida ishtirok etishga majbur bo‘ladi.

Demak, "Real Madrid" Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichiga chiqish uchun 2ta variant mavjud:

A) Jamoa "Borussiya Myonxengladbax"ni mag‘lub etishi shart yoki

B) "Borussiya Myonxengladbax" bilan durang o‘ynab, "Inter"ning g‘alabasiga umid qilishi kerak.

Qolgan barcha holatlarda "Real" Yevropa ligasi pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:32, 02.12.2020.
O'qildi: 9977 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик