Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Yangi tarix uchun, olg‘a, «Turon»!

Yangi tarix uchun, olg‘a, «Turon»!

Baho:
+ | -

Barchangizga ma’lum, Yaypanning "Turon" klubi 2020-yilgi PRO-Liga musobaqalari g‘olibligini qo‘lga kiritdi. 2017-yil 5-may sanasida tashkil etilgan jamoa endilikda yangi mavsumdan O‘zbekiston Superligasida ishtirok etadi.

"Turon" ortda qolgan davrda klub infratuzilmasini shakllantirish borasida sezilarli islohotlarni amalga oshirib kelmoqda. O‘zbekiston tumani hokimi Qahramon Jo‘rayevning tashabbusiga ko‘ra klub uy o‘yinlarini o‘tkazadigan stadionga "O‘zbekiston" nomi berildi va ayni kunda o‘yingoh holati zamonaviy ko‘rinishga keltirildi.


Qahramonjon Jo‘rayev, O‘zbekiston tumani hokimi


"O‘zbekiston" stadioni


Jamoa PRO-Liganing joriy mavsumida o‘tkazilgan 20 ta tur uchrashuvlarida 11 g‘alaba, 5 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etgan holda 38 ochko jamg‘ardi. To‘plar nisbati — 31:19, raqiblar darvozasi 30 marta ishg‘ol etildi, 19 ta to‘p o‘tkazib yuborildi. Iqtidorli yosh hujumchi Abdulazizxon Abdurashidov raqiblar darvozasiga 7 ta gol kiritgan holda jamoa to‘purariga aylandi.



Tashkil etilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, "Turon" hozirga qadar bir qator yutuqlarga erishdi. Xususan, jamoa 2018 yilda futbol bo‘yicha Farg‘ona viloyati birinchiligi (Ikkinchi liga) musobaqalarida chempionlikni, shuningdek "Navro‘z kubogi" musobaqasida g‘oliblikni tantana qildi. Keyinchalik 2019 yilda V PRO-Liga Sharq mintaqasida birinchi o‘rinni egalladi va PRO-Ligaga o‘tish bahslarida g‘olib chiqdi. 2020-yilda xalqaro miqiyosda tashkil etilgan "Farg‘ona viloyati hokimi kubogi" musobaqasida finalgacha yetib borgan. Umuman aytganda, "Turon" futbol tizimidagi barcha bosqichlarni sport prinsiplariga amal qilgan holda bosib o‘tmoqda.


Futbol bo‘yicha Farg‘ona viloyati birinchiligi. Ikkinchi liga g‘olibi. (2018-yil)


V PRO-Liga. Sharq mintaqasi g‘olibi. (2019-yil)

Joriy yilning 20-oktyabr kuni Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yib kelayotgan "Turon" klubiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida viloyat rahbari klubdagi shart-sharoitlar, futbol akademiyasi tashkil etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishdi. Shuningdek, klubning kelajakdagi rejalari mutasaddilar ishtirokida o‘rganib chiqildi.


Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorovning "Turon" futbol klubiga tashrifi jarayonidan lavhalar


Jamoa tarkibi:

Darvozabonlar: 1. Mirzohid Jalilov, 59. Amal Shavketov, 87.Akmal Ortiqov.

Himoyachilar: 3. Shukurali Po‘latov, 15. Shohrux Xolmatov, 18.Asliddin Toshtemirov, 20. Ibrohim Ahmadjonov, 22. G‘olib Sariboyev, 25. Ismoil Ohunjonov, 27.Akmal Xolmurodov.

Yarim himoyachilar: 4. Sunnatillo Ermatov, 5. Oybek Ahmatov , 7. Umidjon Qodirov, 8. Bahodir Akramov, 10. Javohir Sohibov,  14.Doniyor Ismoilov, 16. Asror Qurbonov, 17. Dostonbek Meliqo‘ziyev, 48. Musobek Muzaffarov.

Hujumchilar: 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 9. Otabek Haydarov,11. Asilbek Qayumov, 23. Xurshidbek Asqaraliyev, 71. Mirjalol Mirzayev, 77. Bilol Toshmirzayev.

Klub rahbariyati va ishchi xodimlari:

Klub prezidenti - Abduvahob Ahmadaliyev.
Bosh murabbiy - Islombek Ismoilov.
Yordamchi murabbiy - Mirjalol Jo‘rayev.
Darvozabonlar murabbiyi - Bekzod Turg‘unov.
Sport direktori - Sobir Hamidov.
Ma’mur - Nozimjon Samatov.

Stadion direktori: Azizxon Rahmonov.

Marketing bo‘yicha mutaxassis: Zokirjon Qurbonov

Matbuot kotibi: Bekzod Tolibov
Klub shifokori - Bahodir Haydarov.

Fan klub raisi - Amirullo Sobirov.

"Turon" futbol klubi jamoasi joriy mavsumda PRO-Liga g‘olibligini qo‘lga kiritishda asosiy sababchilari hisoblanmish murabbiylar shtabiga, barcha futbolchilarga, bevosita yaqindan yordam bergan barcha insonlarga tashakkur izhor etadi.  Barchangizga tarixiy chempionlik muborak bo‘lsin! Yangi tarix uchun, olg‘a, "Turon"!

"Turon" futbol klubi matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/FCTURON2017
Kiritildi: 20:02, 02.12.2020.
O'qildi: 5809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.