Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

«Oq-tepa» xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

«Oq-tepa» xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

Baho:
+ | -

Rivojlanish yo‘lida oldinga qadam tashlayotgan «Oq-tepa» klubi bu borada yana bir loyihaga qo‘l urdi. Xabaringiz bor italiyalik futbol funksioneri Morris Pagniyello ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qilgan edik. Bugun «Bunyodkor» stadioning anjumanlar zalida klub prezidenti Sarvar Shog‘ulomov va Morris Pagniyello ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ma’lumot o‘rnida Morris Pagniyello asli kelib chiqishi avstraliyalik, Italiya fuqaroligiga ega. Hozirda futbol funksioneri hisoblanadi. «Racing city group» asosida bir nechta klublarga ega inson hisoblanadi. Ularda barcha klublarning nomi «Racing city» nomi bilan boshlanadi.

Sarvar Shog‘ulomov («Oq-tepa» klubi prezidenti): — Barchangiz yaxshi bilasiz, klubimiz tashkil topganiga 20 yil bo‘ldi. Biz birgalikda klubni yana rivojlantirishni va futbol sifatini oshirishni maqsad qilganmiz. Yaqinda janob Morris bilan tanishdik va klubimizga taklif qildik. Kuni kecha u Toshkentga keldi. Ushbu inson haqida ma’lumot beradigan bo‘lsam, Jahon miqyosida ko‘pchilikka tanish deyishim mumkin. Uning akademiyasi butun dunyoda yetakchi o‘rinlarda turadi. Italiya, Ispaniya, AQSH, Xitoy va BAA kabi mamlakatlarda bir qator filiallari bor. Hozirda kelajakni ham o‘ylagan holda besh yillik shartnoma imzoladik. Bu nimalarni o‘z ichiga olishini tushuntirib o‘tsam. Akademiyani rivojlantirish ya’ni kichik yoshdan professional darajaga qadar yuqori saviyaga olib chiqish. Akademiyamizni filiallarini ochish. Shuningdek futbolchilarni almashish, biz ularga, ular bizga o‘z futbolchilarini yuboradi. O‘zbek futbolini nufuzini oshirish eng oliy maqsadimiz, bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.

Morris Pagniyello (italiyalik funksioner): — Men O‘zbekistonda hech qachon bo‘lmaganman. G‘anisher va Sarvar Shog‘ulomovning taklifiga ko‘ra yurtingizga keldim. Nima uchun bu klubni tanladim? Bilasiz «Oq-tepa» xususiy jamoa. Klubning infratuzilmasi bilan tanishib chiqqanimizdan so‘ng shunday qarorga keldimki, bizning akademiyamiz bo‘lgan «Genoa Soccer Academy» hamda «Racing city group» loyihasi asosida klub infratuzilmasini yanada yaxshilash borasida ish olib boramiz. Ta’kidlab o‘tganimdek akademiyamizni oxirgi yillarda 250dan oshiq bitiruvchi tamomladi va Yevropa klublariga yo‘l oldi. Biz xuddi shuni bu yerda ham yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Futbol biznesligini yaxshi bilaman. Ammo hozirda asosiy maqsadimiz futbolni rivojlantirgan holda keyingina biznes rejaga o‘tish. Klub rahbarlari bilan bir qancha muzokaralar o‘tkazdik. O‘zaro hamkorlik besh yilga mo‘ljallangan. Buning ichida klubdagi yosh iqtidorli futbolchilarni Yevropa klublariga taklif qilish ham bor. «Racing city group», «Rasing Mursiya»dagi tizimni «Oq-tepa»ga ham singdirishni vazifa qilib qo‘yganmiz. Bu nafaqat klubga balki o‘zbek futboliga va terma jamoaga katta yordam beradi degan umiddaman.

— O‘zbekistonda futbol hali biznes darajasida emas. Daromad olish mushkul. Biznesdagi odam pul tikkandan so‘ng tabiiyki daromadni o‘ylaydi. Siz pul tiksangiz daromad kelmasa qancha vaqtgacha sabr qila olasiz?

— Biz hozirda biznes jihatlariga to‘xtalganimiz yo‘q. Boshlanishiga murabbiylar va futbolchilarning rivojlanishiga e’tibor qaratishni maqsad qilganmiz. O‘zbekistonda iqtidorlar ko‘p. Ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yevropaga olib ketishdan oldin kerakli bosqichga olib chiqishimiz kerak. Klubga murabbiylarimiz keladi, bu birinchi tashlangan qadam bo‘ladi. Bilasiz ayni paytda Serxio Marinangeli «Oq-tepa»da faoliyat olib bormoqda.

— O‘zbek futboli haqida yetarlicha taassurotga ega emassiz. Shu sababli bu loyihaning muvaffaqiyatli chiqishiga qay darajada ishonmoqdasiz?
— Inson tanlashda hech qachon adashmaganman. Men Shog‘ulomovlar oilasiga ishondim va yaxshi inson sifatida qabul qildim. Yaqin orada 1-2 nafar futbolchi Ispaniya klublaridan biriga yo‘l oladi. Asosiy dvizionga emas, yoshlar jamoasiga o‘tadi. Jamoa ishtirokidagi o‘yinni bir taym ko‘rdik va O‘zbekistonda iqtidorlar borligiga guvoh bo‘ldik. O‘ylashimcha oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erishamiz.

— Ushbu loyihadan «Oq-tepa»ga qandaydir foyda keladimi?

Sarvar Shog‘ulomov: — «Rasing Mursiya» va «Oq-tepa» birgalikda faoliyat olib boradi, akademiya masalasida ham shunday. Yosh futbolchilarning, imkoni yo‘q iqtidorlarning Yevropaga yo‘l olishinga yordam berishni istaymiz. Infratuzilma va boshqaruv tizimini rivojlantirish borasida ham ishlayapmiz. Balki qo‘shimcha maydonlar qurarmiz. Ha, avvallari «Real Madrid», «Yuventus» kabi jamoalar O‘zbekistonda akademiyalarini ochishmoqchi bo‘lishgan. Muammo nimada, bular tayyor o‘yinchilarni olib ketishadi. Biz esa janob Morris bilan gaplashdik, «Rasing Mursiya» bu yo‘ldan bormaydi balki, futbolchilarni tayyorlaydi. Bu ikki xil narsa.

Murabbiylarimiz uchun yevropalik mutaxassislar ishtirokida seminar tashkil qilishni rejalashtirganmiz. Yoki yangi yilga qadar yoki yangi yildan so‘ng buni tashkil qilamiz. Bu seminar faqat «Oq-tepa» klubidagi murabbiylar uchun emas, istalgan klub murabbiylari o‘z xohishiga ko‘ra ishtirok etishi, o‘rganishi mumkin. Barchasi bepul bo‘ladi.  Yakunda diplom beriladi. Hozircha boshlanishiga Toshkentda o‘tkaziladi. Keyinchalik esa Madridda yoki Ispaniyaning boshqa shaharlarida olib boriladi.

— «Oq-tepa» ishtirokidagi o‘yinni kuzatibsiz. O‘zbekistonlik futbolchilarning aynan qaysi jihati sizga ma’qul keldi?

Morris Pagniyello: — To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, o‘zbekistonlik futbolchilarning ishtiyoqi va ruhi balandligi menga yoqdi. Har bir vaziyatga tik qarashi, qo‘rqmasligi va kurashlarga chanqoqligini ko‘rdim. Qo‘rqmaslik, ruhiyat va taktika futbolda muhim ahamiyat kasb etadi. Klubdagi ispaniyalik murabbiy Serxio Marinangeli bilan turli guruhlardagi futbolchilarning harakatini kuzatdik. Futbolda berilgan imkoniyat va omaddan foydalansangiz ko‘p narsaga erishasiz.

Manba: https://t.me/pfcoqtepaofficial
Kiritildi: 21:25, 02.12.2020.
O'qildi: 2810 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.