Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Istanbul dramasi: «Leypsig» 7 ta gol urilgan o‘yinda «Istanbul Bashakshehir»ni taslim qildi

Istanbul dramasi: «Leypsig» 7 ta gol urilgan o‘yinda «Istanbul Bashakshehir»ni taslim qildi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 2 dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Leypsig» jamoasi safarda «Istanbul Bashakshehir»ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Yusuf Poulsen nemislarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, bo‘lim so‘ngida Nordi Mukiyele mehmonlarning ikkinchi golini urdi. Birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Irfon Jan Kahveji jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘llagan holda hisobni qisqartirdi.

66-daqiqada Dani Olmo hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. 72-daqiqada Kahveji yana bir chiroyli goli bilan turklarning ikkinchi goliga muallif bo‘ldi. 85-daqiqada esa Irfon jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, muvozanatni tikladi. Biroq «buqalar» hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Aleksandr Syorlotning goli evaziga g‘alabani ilib ketdi.

«Leypsig» ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 9 taga yetkazib olgan holda 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Instanbul» esa 3 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda.

«Krasnodar» o‘z maydonida «Renn»ni qabul qildi va Markus Bergning 71-daqiqadagi goli evaziga g‘alaba qozondi. Bu esa rus klubiga 3-o‘rinni kafolatladi va «Krasnodar» Yevropa Ligasi 1/16-finaliga yo‘llanma oldi.

Chempionlar ligasi, 5-tur
2 dekabr, chorshanba

«Istanbul Bashakshehir» Turkiya — «Leypsig» Germaniya 3:4
Gollar: 0:1 – 26 Poulsen, 0:2 – 43 Mukiyele, 1:2 – 45+3 Kahveji, 1:3 – 66 Olmo, 2:3 – 72 Kahveji, 3:3 – 85 Kahveji, 3:4 – 90+2 Syorlot.
«Istanbul»: Gyunok, Shkrtel (Epuryanu, 46), Bolingoli-Mbombo (Shadli, 36), Karlush Ponk, Rafael, Tyuryuch, Vishcha (Juliano, 64), O‘zjan (Tekdemir, 46), Kahveji, Ba, Gulbrandsen (Krivelli, 84).
«Leypsig»: Gulachi, Upamekano, Mukiyele, Anxelinyo, Konate, Aydara (Orban, 90), Olmo (Klyuyvert, 88), Kampl (Adams, 46), Zabitser, Forsberg (Syorlot, 65), Poulsen.
Ogohlantirishlar: Shkrtel (38), Upamekano (53), Tyuryuch (57), Olmo (67), Tekdemir (78), Rafael (89).

«Krasnodar» Rossiya — «Renn» Fransiya 1:0
Gol: 1:0 – 71 Berg.
«Krasnodar»: Safonov, Martinovich, Smolnikov, Ramires, Pantaleao, Kabella, Vilyena, Gazinskiy (Kambolov, 87), Klasson, Vanderson (Suleymanov, 65), Berg (Ari, 90).
«Renn»: Salen, Da Silva, Traore, Tryuffer, Nyamsi, Burijo (Gboo, 73), Lea Siliki (GrenYE, 65), Kamavinga (Te, 82), Nzonzi, Doku, Yunu (Nyang, 65).
Ogohlantirishlar: Nzonzi (22), Ramires (23), Vanderson (28), Lea Siliki (53).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:12, 03.12.2020.
O'qildi: 2620 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик