Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Pro ligani o‘ylayotganim yo‘q. Jamoani tashlab ketganimda bu yerga kelmas edim»

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Pro ligani o‘ylayotganim yo‘q. Jamoani tashlab ketganimda bu yerga kelmas edim»

Baho:
+ | -

Superliga 26-turdan o‘rin olgan "Paxtakor" — "Andijon" uchrashuvidan so‘ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Doimgidek o‘zimizga o‘zimiz gol olib keldik. "Paxtakor"ni g‘alaba va chempionlik bilan tabriklayman. Bu klub O‘zbekistonning yuzi va faxri. Raqibning kuchini bilar edik. O‘yinni himoyadan qurganimizga qaramay xatolar bo‘ldi", — deydi Otabek G‘ulomxo‘jayev.

— Jamoa o‘tish o‘yinida "Neftchi" bilan o‘ynaydi. "Andijon"ni Superligada olib qolishga o‘zingizda ishonch qay darajada?
— Oxirgi to‘rtta turda O‘zbekistonning top jamoalariga qarshi o‘ynadik. Qanday jamoaga kelayotganimni bilardim. O‘tish o‘yiniga qadar borish shart emas edi. Lekin ortga yo‘l yo‘q edi. Hech qaysi murabbiy jamoani pastga tushirib yuborish uchun qabul qilib olmaydi. Ushbu uchrashuvga maksimal darajada tayyorlanamiz. Jamoani  elitada olib qolaman deb so‘z berganman. Demak o‘zimga va jamoadagi yigitlarga ishonaman. Avvalo hammasi xudodan.

— "Turon" bilan o‘yinda "Neftchi"ning haqiqiy kuchini ko‘rmadik. Jamoa durangni o‘yladi va jazolandi. Bu omil sizni chalg‘itib qo‘ymaydimi?
— Bilasizmi, to‘g‘risi Pro ligada ko‘p uchrashuvlardan kuzata olmadim. Oxirgi to‘rt turda faqat o‘z o‘yinimiz bilan mashg‘ul bo‘ldik. Kechagi o‘yinda esa yo‘lda edik. Faqat videoda karate bo‘lgan vaziyatni ko‘rdik. Ayrim hissiyotlarini ushlay olmaydigan muxlislar deb butun jamoaga baho berish kerak emas. So‘nggi o‘yinlarini ko‘rib chiqamiz. "Turon"da xohish yuqori bo‘ldi, oldingi chiziqdagi futbolchilarida keskinlik, havfli hujumlar soni ham ko‘p bo‘lganini kuzatdik. Bir nechta vaziyatlarda kechirdi ham. "Neftchi" bilan o‘ynash bizga nasib qilgan ekan. Yana bir vodiy derbisini ko‘ramiz.

Men Pro ligaga tushib ketishni o‘ylamayapman. Agarda tushib ketsak ham jamoani tashlab ketmayman. Bunda kimdandir ayb qidirish kerak emas. Bu yigitlar bilan nimadir qila olamiz. Lekin vaqtimiz kam. "Paxtakor" yarimta vaziyatdan ham gol urib keta olishini bilasizlar. Menimcha ikki, uch nafar futbolchimizni aytmaganda qolganlarning yoshi 21 va 24 atrofida. Ular o‘z ustida ishlasa yaqin yillarda top klublarga yo‘l olishi mumkin. Buni o‘ziga ham aytyapman. Shunday o‘yinlarda maydonga chiqib o‘zini ko‘rsatsa hamma ko‘radi, kuzatadi. Qachongacha autsayder klublarda yuraverasizlar deb aytmoqdaman. Ularning miyasiga quyib bo‘lmayapti. Boshqalar qilgan ishni bular qila oladi. Faqat tezroq fikrlash va vaziyatlarda xotirjamroq bo‘lish kerak. Aslida bu narsalarni men kelgunimga qadar o‘ylashlari kerak edi. Biz o‘zbekligimizga boramiz baribir. Pro ligani o‘ylayotganimiz yo‘q, jamoani tashlab ketganimda kelmas edim.

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 17:47, 03.12.2020.
O'qildi: 2949 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.