Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar

Ko‘rishingiz shart! Futbol tarixidan so‘ylovchi suratlar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Bekkanbauer jarohat olgan bo‘lsada, kayfiyati chog!

Yosh Zlatan hali o‘zini oldinda nimalar kutib turganidan bexabar

Bu inson bir qarashda futbolchiga o‘xshamaydi, ammo u Urugvay tarixidagi eng kuchli futbolci sanaladi. Ektor Skarone boshchiligidagi terma futbol tarixidagi birinchi JCH g‘olibligini qo‘lga kiritgani ko‘pchilikning yodida bo‘lsa, ajab emas.

London. «Xayberi» arenasidagi butsalar saqlanadigan xona

«Manchester Yunayted» 2002 yildagi JCHdan so‘ng, o‘z tarkibida Klebersonni qo‘shib oladi. U bilan birgalikda «Sporting»dan hech kimga tanish bo‘lmagan Dos Santush Aveyru ismli o‘spirin ham Manchesterga ko‘chib o‘tadi. Kleberson «qizil iblislar» tarkibida o‘rtacha futbol namoyish etdi, haligi o‘spirin esa...

Palyuka endigina terma jamoaning birinchi raqamli darvozaboniga aylanayotgan edi, ammo qayerdandir Buffon ismli yosh darvozabon paydo bo‘lib qoladi. Ko‘p o‘tmay To‘ldi bilan birgalikda ular Palyukani termadan siqib chiqarishadi.

Ikki do‘st! Yashin va Eisebio!

Hozirgina Shevchenko abadiy va azaliy raqib Rossiya darvozasiga gol kiritdi va ruslarni katta musobaqada ishtirok etish huquqidan mahrum qildi.

Jon Denis Berkampga nimadir tushuntirmoqchi bo‘lmoqda, ammo gollandiyalik futbolchining hech narsa bilan ishi yo‘q.

JCH 2002. Angliya Argentinani mag‘lubiyatga uchratdi. Beks esa, Diyegodan 4 yil avvalgi alamini oldi. Buni qaytar dunyo deydilar!

Fransiya terma jamoasi hujumchi chizig‘i 90 yillar oxirida mana shunday ko‘rinishda edi. Anelka boshqalardan kuchliroq ko‘ringani bilan, yakunda barcha musobaqada Trizege va Anri to‘p suradi.

18 yoshli Xavi Effenbgerg bilan to‘p uchun kurashga kirishmoqda. Bu duelda kim g‘olib chiqqanini darrov anglagan bo‘lsangiz kerak.

Paragvaylik hujumchi Xulio Gonsales Afinadagi olimpiadaning kumush medali egasi sanaladi. Qahramonimiz 2005 yilda avtohalokat sababli bir qo‘lidan ayrilgan edi. Shunga qaramay, Italiyaning «Vichense» jamoasi o‘z futbolchisi bilan shartnomasini bir yilga uzaytirishga qaror qildi. Shunchaki qoyil qolmaslikning imkoni yo‘q.

Kannavaroning «oltin to‘p»ni egallashi kimning hayoliga kelibdi deysiz?! Vaholanki, 2006 yilda bu sovringa undan kuchliroq da’vogarlar yetarlicha edi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:00, 03.12.2020.
O'qildi: 3719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.