Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Mutaxassis tahlili: Mavsumdan so‘ng futbolchilarga qancha muddat dam berish kerak?

Mutaxassis tahlili: Mavsumdan so‘ng futbolchilarga qancha muddat dam berish kerak?

Baho:
+ | -

Bu yilgi – “korona” qator o‘zgartirishlar kiritgan chempionatimiz ham o‘z yakuniga yetdi. Mavsum davomida pandemiya sabab yuzaga kelgan vaziyatlarni to‘g‘ri baholagan holda taqvim tuzib, davom ettirishga erishilgan chempionatni salomatlik nuqtai nazaridan jamoalarda jiddiy "insident"larsiz yakunlashda PFLning samarali tashkilotchiligini alohida e’tirof etmasak insofdan bo‘lmas. Mart oyining qoq o‘rtasidayoq to‘xtatilgan chempionatdagi tanaffusda futbolchilar avvaliga individual, keyin esa jamoaviy mashg‘ulotlar o‘tkazib, so‘nggida tig‘iz grafik asosida shu kungacha yetib kelishdi va yaxshigina yuklama olib ulgurishdi. Oldinda kubok o‘yinlari qoldi, xolos. “Blis turnir” ko‘rinishidagi kubok o‘yinlarini kimdir erta, kimdir kechroq yakunlashiga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, shundan so‘ng, jamoalarning keyingi mavsum oldi yig‘inigacha, futbolchilarga qancha muddat dam berish kerak?

Ushbu muhim savolga tibbiy nuqtai nazardan yondoshadigan bo‘lsak, futbolchilarning dam olish muddati 3 haftani tashkil qilishi to‘g‘ri hisoblanadi. Masalan: 8-dekabrda kubok bahslaridagi yurishini to‘xtatgan jamoa bemalol yangi yil bayramidan so‘ng yig‘ilishi, finalga yetib borgan klub esa 10-yanvarlarda yig‘in boshlashi mumkin (“OCHL” ishtirokchilarida biroz o‘zgarish bo‘lishi mumkin). Baribir, dam olish muddatining birinchi yarmi passiv dam olish bilan o‘tsa, ikkinchi yarmi aktiv holda (jamoa murabbiylari tuzib bergan individual mashg‘ulotlar bilan) o‘tkaziladi.
 
Jamoani jismonan mavsumga tayyorlash uchun 6 hafta yetarli ekanini inobatga olsak mavsumni bemalol fevralning ikkinchi yarmida boshlashimiz ham mumkin (yozning jaziramasida futbolchilarga yetarli dam berish va ko‘ngildagidek yig‘in o‘tkazib olish uchun). Har qalay bu variant, o‘yinlari mart oyiga rejalashtirilgan terma jamoamiz uchun ham foydali, qolaversa mart oyida ikki tur o‘ynab ulgurmay, yana uzoq muddat tanaffus qilgandan yaxshiroq).

Nima bo‘lganda ham keyingi mavsum, muxlislar sog‘ingan va ko‘nikkan odatiy sharoitda o‘tadi degan umiddaman.

Abror Pirmuhammedov.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Lokomotiv" PFK bosh shifokori.

Manba: https://t.me/abrorpirmuhammad
Kiritildi: 10:10, 04.12.2020.
O'qildi: 2230 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик