"Barselona" klubi Xosep-Mariya Bartomeu boshqaruvi paytida moliyaviy inqiroz holatiga tushib qoldi. "El Chiringuito TV" tarqatgan xabarga ko‘ra, klubning qarzi 1 mlrd yevroga yetgan.
Jamoa ulardan 300 mln. yevrosini banklarga qaytarishi kerak.
"Ko‘k-anorranglilar" kreditorlar va klublardan qarzni qaytarish muddatini kechiktirishni so‘ramoqda. Jamoa ko‘p transferlarni pulni keyinroq to‘lash sharti bilan amalga oshirgan.