Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

80 yillarda futbolchilar nega buncha qari ko‘ringan? Bu borada mutlaq yetakchi kim?

80 yillarda futbolchilar nega buncha qari ko‘ringan? Bu borada mutlaq yetakchi kim?

Baho:
+ | -

1980 yillardagi futbolchilar o‘z imijlari haqida hozirgi avlod futbolchilari singari uzoq bosh qotirishmagan. Buning o‘rniga, ko‘proq tungi klub va barlarda vaqt o‘tkazishni afzal ko‘rishgan. Ushbu voqeani yoritish maqsadida, Tvitter sahifalaridan birida “80s Footballers Ageing Badly” (80 yillardagi futbolchilar juda yomon saqlangan) deb nomlangan akkaunt ochildi. Ayni damda, ushbu akkauntning kuzatuvchilari soni 50 mingdan ortib ketdi.

Qizig‘i shundaki, ushbu haftada ushbu akkaunt egasi obunachilari o‘rtasida qiziqarli musobaqa tashkil etdi. Unga ko‘ra, eng yomon saqlangan futbolchini aniqlash lozim edi. Musobaqada 128 ta futbolchining surati ishtirok etdi va finalda ikkitasi mutlaq g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Ulardan biri 29 yoshli Nivaldo bo‘lsa, ikkinchisi 36 yoshli shotlandiyalik Erni Makgarr. Ular 80 yillarda o‘z jamoalarining asosiy futbolchilaridan biri bo‘lgan.

Ushbu akkaunt egasi Uinsonton Gallaxer bo‘lib, Angliyada istiqomat qiluvchi jurnalist ekanligi ma’lum bo‘ldi. U ayni damda, Oksfordda istiqomat qiladi.

Uning aytishicha, ushbu ishga qo‘l urishi uchun uni eski futbol kartochkalari sabab bo‘lgan. Qahramonimiz futbolchilarning suratlari tushirilgan kichik kartochkalarni yig‘ib yurgan va ular orqali o‘z bolaligini xotirlagan. Qahramonimiz o‘z kolleksiyasidagi futbolchilarga nazar solar ekan, ular avvallari juda katta yoshda ko‘ringanini sezib qoladi. Ayniqsa, 30 yoshdan so‘ng, ularni allaqachon tanib bo‘lmas ahvolga kelib qolgani qahramonimizning e’tiborini tortadi.

Darhaqiqat, ushbu kartochkalar Uinstonning gaplaridan jon bor ekanligidan dalolat bermoqda.

E’tiboringizga, musobaqani erta tark etgan futbolchilar suratlarini taqdim etamiz.

Avvaliga 3-o‘rin g‘olibini aniqlab olish uchun kurash juda avjiga chiqdi. Unda, 32 yoshli darvozabon Xyu Sproat va 31 yoshli Antonio Borges kurash olib bordi. Yakunda darvozabon Argentinalik futbolchidan ko‘proq ovoz to‘pladi va bronzo medallarga ega chiqdi.

Shu o‘rinda, «turnir»da ishtirok etgan boshqa futbolchilarning ham suratlarini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim.

31 yoshli «Sheffeld Yunayted» hujumchisi Alan Vudvord

31 yoshli uelslik futbolchi Terri Xennessi ham o‘zgacha ko‘rinish egasi bo‘lgani uchun obunachilar tomonidan uzoq muhokama qilindi.

Butun faoliyati davomida "A ceriya"klublarida to‘p surgan Vito Chimenti esa, 30 yoshidayoq professional futbolchiga o‘xshamay qolgan edi.

Yakunda, obunachilar qo‘shtirnoq ichidagi g‘olibni aniqlab olishdi. Unga ko‘ra, ushbu suratda 29 yoshda bo‘lgan braziliyalik Nivaldo birinchi o‘rinni egalladi. U naqd 127 ta raqibni ortda qoldirgan xolda birinchilikni hech kimga bergani yo‘q.

Qahramonimiz g‘olib sari juda og‘ir yo‘lni bosib o‘tdi, ammo birorta bosqichda mag‘lub bo‘lgani yo‘q.

Keling, endi ushbu suratdagi futbolchi haqida ma’lumot berib o‘tsak. U aslida Braziliyada tavallud topgan, ammo 1980 yilda Portugaliyaga ko‘chib keladi. Bu yerda, u 11 yil davomida mahalliy klublar safida to‘p tepadi. «Gimaraysh», «Benfika» singari grandlar safida ham faoliyat olib boradi. U maydonda tayanch yarim himoyachisi vazifasini bajarar, shu bois, kiritgan gollari soni ko‘p emas.

Ushbu surat u «Portimonense» safida harakat qilgan davrlarda olingan. U shu jamoa safida 4 yil yo‘p suradi. 109 ta o‘yin o‘tkazgach, uni jamoa sardori etib tayinlashadi. Ayni damda, u 62 yoshda va Portugaliyada istiqomat qilmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:31, 06.12.2020.
O'qildi: 6457 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.