Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Nyukasl» ishga kirishdi

Angliyaning «Nyukasl» jamoasi qishda "Aberdin" hujumchisi Sem Kosrgou bilan shartnoma imzolashi mumkin.

«The Sun» nashrining ma’lum qilishicha, jamoa 24 yoshli futbolchi bilan jiddiy qiziqib qolgan va uning transferi uchun bir necha million yevro sarf etishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda "Aberdin" futbolchisi Shotlandiya chempionatining 5 ta turida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ydi.

«Fiorentina»ga Kaisedo kerak

Italiyaning «Fiorentina» jamoasi «Lasio» hujumchisi Filipe Kaisedoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

"Salciomercato" nashrining ma’lum qilishicha, »binafshalar" 32 yoshli hujumchi uchun 3 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Rim klubi o‘z hujumchisini 5 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

«Milan»ga himoyachi kerak

Milanning «Milan» jamoasi «Tottenhem» klubi markaziy himoyachisi Davinson Sanchesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

«The Sun» nashrining ma’lum qilishicha, Sanches qishda «rossonerilar»ning asosiy nishoniga aylanadi.

Manbaning ma’lum qilishicha, London klubi ham kolumbiyalik futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor. Sababi, murabbiy uni asosiy tarkib futbolchisi deb hisoblamayapti.

Jiru nishonda

Yaqindagina YECHL uchrashuvida 4 ta gol kiritgan Olive Jiru Italiya grandlarining «oromini o‘g‘irlab» qo‘ydi.

Vaholanki, futbolchi «Chelsi»ning so‘nggi uchrashuvlarida asosiy tarkibda ko‘rinish bermoqda. Jiruning o‘zi esa, «Chelsi»dagi sarguzashtlari yakunlanayotgani haqida fikr bildirishdan charchamayapti.

«Tuttosport» nashrining ma’lum qilishicha, agar hujumchi Londonni tark etsa, uning uchun asosiy da’vogar «Yuventus» va «Inter» bo‘ladi.

Ikki klub ham amaldagi JCH g‘olibi uchun 1,5 yarim yillik shartnoma taklif etmoqda.

Lingard nishonda

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Jessi LIngard faoliyatini Shotlandiya grandlaridan birida davom ettirishga yaqin turibdi.

"Taem Talk" nashrining ma’lum qilishicha, 27 yoshli futbolchi uchun «Seltik» va «Glazgo» klublari ko‘z tikkan.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi tezrоq jamoasini o‘zgartirish maqsadida o‘z agenti Mino Rayolani ishdan bo‘shatgan edi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:00, 07.12.2020.
O'qildi: 10029 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик